Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.08.2013
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
BUYRUG‘I
KIChIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI TOMONIDAN SODDALAShTIRILGAN HISOB YURITISh VA HISOBOT TUZISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBI MILLIY STANDARTI (20-SONLI BHMS)GA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 11-iyulda 879-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 16-iyuldagi 70-sonli “Buxgalteriya hisobining Milliy standarti (20-sonli BHMS) “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2501, 14.08.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ–244-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 23-noyabrda 87-son bilan tasdiqlangan “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan hisob yuritish va hisobotlar tuzish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (20-sonli BHMS)ning (2000-yil 24-yanvar, ro‘yxat raqami 879) 1.1. bandidagi “va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik korxonalar uchun soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llash tartibining 6-bandiga” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-iyun,
51-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 280-modda)