Hujjat 20.07.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh VA BAʼZILARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “2006 YILNING 1 IYuLIDAN BOShLAB ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORLARINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA” 2006 YIL 9 IYuNDAGI PF–3761-SON FARMONI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006-yilning 1-iyulidan boshlab ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2006-yil 9-iyundagi PF-3761-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) 2-ilovaning III boʻlimida:
a) boʻlimning nomidagi “va tarif koeffitsiyentlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 8—10, 12, 13-bandlardagi jadvallardan “Tarif koeffitsiyenti” ustuni chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 2-iyuldagi 309-son qaroriga oʻzgartirish kiritish haqida” 2005-yil 25-oktabrdagi 237-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-iyul,
144-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 274-modda)