|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
|
Hujjat 07.07.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
AYRIM FARMONLARIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
AYRIM FARMONLARIGA OʻZGARTISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-sonli qarori qabul qilinishi munosabati bilan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunlar ijrosini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 11-martdagi PF-3406-son Farmoni 3-bandining ikkinchi xatboshisidagi “4641” va “3791” raqamlari tegishli ravishda “4666” va “3816” raqamlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-son Farmoni 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari “Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga hamda jinoiy daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-iyul,
PF-3772-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 263-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)