|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2018
|
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XOʻJALIK PROTSESSUAL KODEKSINING 19-MODDASIGA OʻZGARTISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 4-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 10-iyunda maʼqullangan
2006-yil 4-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 10-iyunda maʼqullangan
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 478-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 234-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda) 19-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi tomonidan yoxud nazorat tartibida bekor qilingan boʻlsa, shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrishda ishtirok eta olmaydi, yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishlarni koʻrish hollari bundan mustasno.
Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Ishni apellatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki apellatsiya instansiyasi sudida yoxud nazorat tartibida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.
Ishni nazorat tartibida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya, apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2006-yil 21-iyuldagi 140-141 (4039-4040)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-iyul,
OʻRQ-43-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 261-modda)