|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.09.2024
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING
AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
AYRIM QARORLARINI O‘Z KUChINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2006-yil 22-iyundagi PF-3764-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Savdoga va tijoratga ko‘maklashuvchi “Savdogar” ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat bankining faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratib berishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 16-apreldagi 212-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 24-martdagi 104-son qaroridan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar kiritish haqida” 2001-yil 5-yanvardagi 5-son qaroriga ilovaning 1-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2004-yil 26-fevraldagi 89-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 16-modda) ilovaning 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 23-iyun,
122-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 25-26-son, 235-modda)