|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.1998
|
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“KORXONALAR, BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLARDAN OLINADIGAN SOLIQLAR TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Ahborotnomasi, 1991-yil, № 4, 86-modda; № 8, 191-modda; 1992-yil, № 4, 177-modda; № 9, 337-modda; 1993-yil, № 1, 20-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1. Muqaddima:
birinchi qismi “huquqiy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini tartibga solishdan” degan so‘zlardan keyin O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatidagi maqomini ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq xalqaro to‘lovlarni markazlashtirilgan asosda amalga oshirish uchun barqaror moliyaviy manbalarni ta’minlashdan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasi muomalasini barqarorlashtirishdan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismi quyidagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“chet el valyutasi tushumidan olinadigan soliq”;
oxirgi qism chiqarib tashlansin.
2. 3-modda:
1-bandi quyidagi mazmundagi qism bilan to‘ldirilsin:
“Soliqni hisoblab chiqarish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
3. 9-modda:
“e)” bandchasi “Afg‘oniston faxriylarining ittifoqi” degan so‘zlardan keyin “O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan, “Navro‘z” degan so‘zdan keyin “Ekosan” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
“o)” bandchasi “Qizil yarim oy jamiyatining” degan so‘zlardan keyin “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining” degan so‘zlar bilan “Jamiyatning” degan so‘zdan keyin “hamda jamg‘armaning” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi “r”, “s”, “t” bandchalar bilan to‘ldirilsin:
r) “arxiv hujjatlariga ilmiy-texnikaviy ishlov berish, ularni ta’mirlash, muqovalash va ulardan foydalanish, ish yuritishni takomillashtirish yuzasidan pulli xizmatlar ko‘rsatishdan keladigan daromadlar;
s) reja bo‘yicha qilingan xarajatlarning o‘z daromadlari bilan ta’minlanmagan qismini qoplash uchun budjetdan dotatsiya oluvchi korxonalar;
t) O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi pochta xizmati korxonalarining daromadlari”.
4. 12-modda:
uchinchi xatboshisidan “oziq-ovqat, binokorlik materiallari, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish uchun” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“korxonalarning avvalgi tegishli hisobot davriga nisbatan xalq iste’moli mollari va dori-darmonlar ishlab chiqarish fizik hajmlarini oshirganligi hisobiga olgan daromadi summasiga;”
5. 16-modda ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
6. 19-modda:
23-bandi “aholining buyurtmalari asosida uy-joyni ta’mir etish va qurish xizmatlari va korxonalarning aholiga xizmatlari;” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
25-bandining oxiri “davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalarining maxsulotlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Qizil Yarim oy jamiyati” degan so‘zlardan keyin “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Jamiyatning” degan so‘zdan keyin “hamda jamg‘armaning” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
modda quyidagi mazmundagi 31-34-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“31) eksport qilinadigan mollar (ishlar, xizmatlar);
32) eksport qilinadigan mollarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib o‘tiladigan chet el yuklarini (tranzit yuklarni) tashish, ortish, tushirish, qayta yuklash yuzasidan ko‘rsatilgan xizmatlari;
33) O‘zbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi kinostudiyalari, kinoprokati va kinotarmog‘ining mahsulotlari va xizmatlari;
34) arxiv hujjatlariga ilmiy-texnikaviy ishlov berish, ularni ta’mirlash, muqovalash va ulardan foydalanish, ish yuritishni takomillashtirish yuzasidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar”.
7. Qonun IV-1 bob bilan to‘ldirilsin:
“IV-1 BOB. ChET EL VALYUTASI TUShUMIDAN OLINADIGAN SOLIQ
24-1-modda. Soliq to‘lovchilar
Ushbu Qonunning 1-moddasida sanab o‘tilgan, mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar, shu jumladan jamoa va davlat xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligiga oid boshqa korxonalar soliq to‘lovchilar hisoblanadilar.
24-2-modda. Soliq solish obyekti
Mahsulotlarni, boshqa doimiy boyliklarni chet el valyutasida sotishdan, (chet el valyutasida ishlar bajarishdan, xizmatlar ko‘rsatishdan) tushgan hamda sotuvdan bo‘lak chet el valyutasidagi operatsiyalar natijalarida olingan tushum soliq solish obyekti hisoblanadi.
24-3-modda. Soliq stavkalari, soliq to‘lash va uni hisobga o‘tkazish tartibi
Soliq stavkalarini, soliq imtiyozlari, soliqlarni hisoblab chiqarish, to‘lash hamda Respublika valyuta fondiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar valyuta fondlari hisobiga o‘tkazish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
24-4-modda. Soliq imtiyozlari
Chet el valyutasidagi tushum, xususan:
xayriya maqsadlarida iona yo‘sinida tushgan chet el valyutasidagi mablag‘lardan, bu mablag‘lar mo‘ljallangan maqsadlarga ishlatilgan taqdirda;
korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarning aksiyalari brokerlik o‘rinlari, qimmatli qog‘ozlari haqini to‘lashdan ustav kapitaliga tushgan omonatdan;
valyuta bozorida sotib olingan chet el valyutasi mablag‘laridan soliq olinmaydi”.
8. 35-modda:
“g)” bandchasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi, Qizil Yarim oy jamiyati va ular ta’sis etgan korxonalar va tashkilotlar mol-mulkiga, ushbu mablag‘lar jamg‘arma va jamiyatning ustav vazifalarini bajarishga ishlatilishi sharti bilan; diniy birlashmalar va tashkilotlar mol-mulkiga;”
“4. Mahsulotlarni chet el valyutasida sotishdan (chet el valyutasida ishlar bajarishdan, xizmatlar ko‘rsatishdan), sotuvdan bo‘lak operatsiyalar natijasida, shuningdek o‘zga tadbirkorlik faoliyatidan kelgan tushum O‘zbekiston Respublikasining, chet ellik sheriklari bilan hisob-kitob ishlarini olib boradigan, vakolatli banklaridagi schyotlarga o‘tkazilishi shart, basharti O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘zgacha yo‘l tutishga ruxsat bermagan bo‘lsa.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
856-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi 1993-y., 6-son, 240-modda)