Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.02.2003 09.02.1994 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 29
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Roʻyxati, 09.02.1994 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 29
Kuchga kirish sanasi
09.02.1994
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.02.2003
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“TASDIQLAYMAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirining oʻrinbosari
S.S. Buzrukxoʻjayev
1994-yil 7-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat, qishloq xoʻjalik korxonalari, shirkat, jamoat tashkilotlari, dehqon (Fermer) va ijarachi xoʻjaliklarning qishloq xoʻjalik ekinlari, hayvonlari, binolari, inshootlari, mol-mulki, fuqarolar mol-mulki nobud boʻlishi, vayron boʻlishi hamda shikastlanishining oldini olishga va transportdagi yoʻlovchilarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan, sugʻurta badallaridan ajratmalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1994-yil 9-fevralda 29-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003-yil 7-yanvardagi 9-son “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ayrim normativ-huquqiy hujjatini kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2003-yil 5-fevraldagi 34-mh-sonli buyrugʻi bilan Davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoa, davlat xoʻjaliklari va boshqa davlat, qishloq xoʻjalik korxonalari mol-mulkining davlat majburiy sugʻurtasi, ijarachilar, deqhon (Fermer) xoʻjaliklari, shirkat hamda jamoat tashkilotlari mol-mulkining ixtiyoriy sugʻurtasi, Fuqarolar mol-mulkining majburiy va ixtiyoriy sugʻurtasi hamda transportdagi yoʻlovchilarning majburiy sugʻurtasi boʻyicha tushgan sugʻurta badallaridan ajratiladigan mablagʻlar yongʻin nazorati, davlat sugʻurta, davlat avtomobil nazorati, veterinariya idoralari va transport tashkilotlariga quyidagi maqsadlar uchun oʻtkaziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tabiiy ofatlar natijasida ortiqcha toʻplanib qolgan suvni ekinlarga, imoratlarga xavf soladigan joylardan yoʻqotish ishlarini amalga oshirish, qishloq xoʻjalik ekinlari zararkunandalari va kasalliklari koʻplab paydo boʻlganda ularga qarshi kurash uchun zaharli dorilar, ularni sepishda qoʻllaniladigan mashina va uskunalarni sotib olish; qishloq xoʻjalik ekinlari nobud boʻlishi va zararlanishining oldini olishga qaratilgan agrotexnika tadbirlarini targʻib qilish; jamoa, davlat xoʻjaliklari va boshqa davlat qishloq xoʻjalik korxonalariga xizmat koʻrsatadigan aerodromlarda zaharli dorilarni saqlash uchun omborxonalar qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qishloqlarda suv havzalari va ularga boriladigan yoʻllar qurish hamda borlarini kapital taʼmirlash, hayvon kasalliklariga qarshi kurash stansiyalari, veterinariya uchastkalari va punktlari, choʻmiltirib zararsizlantirish oʻralari, “Bekkari” oʻralari, hayvonlar uchun qabristonlar (shahar va qishloqlarda, yaylovlarda), shuningdek veterinariya-sanitariya stansiyalari, utilizatsiya qurilmalari, oʻsimliklarni himoya qilish stansiyalari, hayvonlarni davolash muassasalari, ambulatoriyalar, izolyator va laboratoriyalar, veterinariya omborxonalari va dorixonalari, oʻsimliklar zararkunandalarini aniqlash signalizatsiyasi xizmati uchun kuzatish punktlari, davlat sugʻurta muassasalari uchun xizmat xonalari hamda veterinariya davolash muassasalari qoshida veterinariya mutaxassislari uchun turar joylar qurish va borlarini kapital taʼmirlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonlar harom oʻlishining oldini olish tadbirlari rejalariga yuqorida sanab oʻtilgan muassasalar qurilishining amaldagi namunaviy loyihalarida koʻzda tutilgan hamma imoratlarning ham, ayrim imoratlarning ham qurilishi kiritilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qishloq xoʻjalik hayvonlarining yuqumli kasalliklari oqsim quturish, brutsellez va sil kasalliklari atrofga tarqalish xavfi yuzaga kelganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan ana shu kasalliklarga qarshi kurash uchun gelmintozga qarshi va boshqa maxsus ekspeditsiyalar saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) veterinariya davolash muassasalari, veterinariya laboratoriyalari va ishlab-chiqarish biologiya laboratoriyalari, oʻsimliklarni himoya qilib stansiyalari uchun asbob-uskunalar, jihozlar, ximikatlar va boshqa zarur materiallar, qishloq xoʻjalik hayvonlari va parrandalarining yuqumli kasalliklari manbalarida ishlaydigan kishilar uchun maxsus kiyimlar va poyabzallar, oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha ishlab-chiqarish biologiya laboratoriyalari uchun biopreparatlar sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) yirik qoramollarning teri soʻnasi, gazandalar, gemosporidozlar, oriyentabilgarsioz, diktiokaulez, moniyezioz, gemonxoz, qoʻylar chechagi, brutsellez va silga qarshi kypash tadbirlarini amalga oshirish maqsadida olib kelinadigan materiallar uchun, shuningdek, yuqumli kasalliklar paydo boʻlganda chorvachilik xonalarini zararsizlantirish maqsadida olib kelinadigan zararsizlantiruvchi moddalar uchun, oqsim, kuydurgi, oʻlat, quturish va boshqa yuqumli kasalliklar avj olishining oldini olish va yoʻqotish xarajatlari uchun haq toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) veterinariya xizmatlari, ishlab chiqarish biologiya laboratoriyalari oʻsimliklarni himoya qilish stansiyalari, tuman va shahar yongʻin nazoratchilari uchun transport vositalari (oʻt oʻchirish va boshqa maxsus avtomobillar, mototsikllar, motorli qayiqlar, velosipedlar va otlar) sotib olish shuningdek, transport uskunalari vositalarini taʼmirlash, ehtiyot qismlar va transport uskunalari sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) kemiruvchilar, kirchumolilar va zamburugʻlarga qarshi kurash olib borish, yongʻinga qarshi saroylab, depolar, minoralar, asbob hamda jihozlarni taʼmirlash ustaxonalari qurish va borlarini kapital taʼmirlash, oʻt oʻchirish komandalari (qismlari), koʻngilli oʻt oʻchirish drujinalari uchun oʻt oʻchirish asboblari va jihozlari sotib olish, koʻngilli oʻt oʻchirish drujinalarining aʼzolari bilan mashq va mashgʻulotlar oʻtkazish uchun shaharchalar, sport maydonchalari qurish va borlarini taʼmirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) koʻngilli oʻt oʻchirish drujinalari boshliqlarini, shuningdek, oʻt oʻchirish texnikasiga xizmat koʻrsatadigan haydovchilar (motoristlar) ni tayyorlash uchun, oʻquv yigʻinlari va kurslariga chaqiriladigan shaxslarga yoʻl haqi hamda sutkalik pul toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat sugʻurta bosh boshqarmasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda va miqdorlarda mablagʻ ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) yongʻindan saqlash ishini yoʻlga qoʻyishning eng yaxshi namunalarini namoyish etgan faol avtonazoratchilar, ilgʻor oʻt oʻchirish drujinalari va koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyatlarini, shtatda boʻlmagan hamda jamoatchi oʻt oʻchirish vakillarini, shuningdek ana shu drujinalar aʼzolari va boshqa shaxslarni yongʻinga qarshi kurashda jonbozlik koʻrsatganligi uchun mukofotlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) yongʻinni oʻchirish, yongʻin chiqqan joyga borish va u yerdan qaytish hamda amaliy mashgʻulotlar vaqtida halok boʻlgan koʻngilli oʻt oʻchirish drujinasi, sayyor koʻngilli oʻt oʻchirish jamiyati aʼzosining va boshqa shaxslarning oilasiga Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 4 karrasigacha miqdorida bir gallik nafaqa berish; ushbu shaxslar yuqorida koʻrsatilgan hollarda shikast olishi natijasida davolash-mehnat ekspert komissiyasi (VTEK) tomonidan ularga I guruh nogironligi belgilanganda eng kam ish haqining 3 karrasi, II guruh nogironligi belgilanganda 2 karrasi, III guruh nogironligi belgilanganda esa bitta eng kam ish haqi miqdorida bir gallik nafaqa toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida keltirilgan koʻngilli drujinalarning aʼzolari koʻngilsiz hodisa yuz bergan kundan boshlab bir yil mobaynida (hodisaning oqibati tufayli) vafot etsa, avval nogironlik boʻyicha berilgan nafaqadan qatʼi nazar, ularning oilasiga eng kam ish haqining 4 karrasi miqdorida bir gallik nafaqa beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) DAN uchun statsionar postlar, oʻquv punktlari va xizmatxonalari qurish va borlarini kapital taʼmirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) davlat sugʻurta, DAN idoralari uchun transport vositalari sotib olish va borlarini taʼmirlash, transport vositalarining texnikaviy ahvoli tekshiriladigan xizmat xonalari hamda ularning texnikaviy nosozliklari oldini olish va bartaraf etish boʻyicha texnikaviy yordam koʻrsatish punktlari qurish va borlarini kapital taʼmirlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashda va avtotransport falokatlarining oldini olishda yuqori koʻrsatkichlarga erishgani uchun qishloq va shaharlardagi DAN jamoat postlarining aʼzolarini mukofotlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) yoʻl harakati qoidalarini targʻib qilish, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish tadbirlarini oʻtkazish, yoʻl harakati xavfsizligi haqida qisqametrajli filmlar va magnitofilmlar ishlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
p) avtotransport vositalarini oʻgʻirlash va olib qochish hollarining oldini olish hamda chek qoʻyish maqsadida DAN idoralari tomonidan avtotransport va boshqa texnika vositalarini sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
r) yoʻl harakati xavfsizligidan koʻriklar, konkurslar oʻtkazish, gʻoliblarni taqdirlash uchun sovrinlar sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
s) yongʻinlarning oldini olish va ularga qarshi kurash (shu jumladan, oʻt oʻchirish texnikasi koʻrgazmalarini uyushtirish), hayvonlar kasallanishining, qishloq xoʻjalik oʻsimliklari kasalliklari va zararkunandalari tarqalishining oldini olish hamda ularga qarshi kurash tadbirlarini targʻib qilish va oʻtkazish, shuningdek, boʻrilar va boshqa yirtqich hayvonlarga qarshi kurash tadbirlarini targʻib qilish hamda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
t) ovchilarga yirtqich hayvonlar: — ona boʻrini bolalari bilan uyasida yoʻq qilgani uchun eng kam ish haqining 200 foizi, katta yoshdagi urgʻochi yoki erkak boʻrini yoʻq qilgani uchun — 100 foizi, boʻri bolasini yoʻq qilgani uchun — 0,8 qismi, chiyaburini yoʻq qilgani uchun 0,5 qismi miqdorida mukofot toʻlash (ular yoʻq qilingan yirtqich hayvonlar terisini tayyorlov tashkilotlariga topshirgan taqdirdagina), shuningdek, yirtqich hayvonlarni qirib tashlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar va zaharli moddalarni sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u) transport tashkilotlari tomonidan transport vositalaridan xavfsiz foydalanilishini taʼminlash va falokatlar oldini olish tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
f) muhandislik hamda boshqaruv ishlarini mexanizatsiyalashtiruvchi va avtomatlashtiruvchi texnika (orgtexnika) vositalarini sotib olish va hokazo.