Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOShKENT ShAHRIDA XAlQARO YOʻL HARAKATI TAShKILOTINING MINTAQAVIY VAKOLATXONASINI OChISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyuldagi 601-sonli “Toshkent shahridagi foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Markaziy Osiy mintaqasida xalqaro tashishlarni va transport infrastrukturasini rivojlantirish, bu muammolarni hal etishda Xalqaro yoʻl harakati tashkiloti (XYHT) doirasida saʼy-harakatlarni birlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. XYHT Bosh Assambleyasining faoliyatini oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirgan holda Toshkent shahrida XYHT mintaqaviy vakolatxonasini ochish toʻgʻrisida 1994-yil 15-avgustdagi qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi bir oy muddatda Toshkent shahar, Shpilkov koʻchasi 15-uydagi binoni XYHT mintaqaviy vakolatxonasini joylashtirish uchun boʻshatsin va balansdan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi balansiga tekin oʻtkazsin.
3. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki XYHT mintaqaviy vakolatxonasiga milliy va chet el valyutalarida schyotlar ochsin.
4. Tashqi ishlar vazirligi XYHT mintaqaviy vakolatxonasiga diplomatik korpusga mos keluvchi immunitet bersin, uni Diplomatik servis xizmatida roʻyxatdan oʻtkazsin.
5. Aloqa vazirligi va Ichki ishlar vazirligi XYHT mintaqaviy vakolatxonasi uchun umumdavlat aloqa tarmogʻining shahar telefonlari va Ichki ishlar vazirligining maxsus aloqasi oʻrnatilishini taʼminlasinlar.
6. Ichki ishlar vazirligi attestatsiyadan oʻtkazilgan xodimlarni Xalqaro Yoʻl harakati tashkiloti tuzilmasiga xizmatga yuborganda ularni kadrlarning amaldagi rezervida qoldirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 26-oktabr,
518-son