ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI “OʻZDAVENERGONAZORAT” BOShLIgʻINING
BUYRUgʻI
Isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 10-martda 1440-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 28-fevraldagi 3-sonli “Isteʼmolchilarga elektr energiyasini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni va unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1440-2, 11.03.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi 32-sonli qarori bilan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari tasdiqlanganligi munosabati bilan, buyuraman:
1. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining 2004-yil 24-dekabrdagi 415-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Isteʼmolchilarga elektr energiyasi yetkazib berish tartibi toʻgʻrisida nizom”ning 33-bandida (2005-yil 9-iyul, roʻyxat raqami 1440 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil 2-son, 11-modda) “2003-yil 16-iyundagi 271-son” soʻzlari “2005-yil 27-yanvardagi 32-son” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab, 10 kun oʻtganidan soʻng kuchga kiritilsin.
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 7-fevral,
46-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 10-11-son, 79-modda)