1999 YILDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA IMPORT QILINAYOTGAN TOVARLAR UChUN AKSIZ SOLIGʻINI TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
TUShUNTIRISh XATI
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 11-martda 665-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur Tushuntirish xati oʻz kuchini yoʻqotgan va Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2000-yil 4-iyuldagi 32-mh-son buyrugʻi bilan Davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinadigan tovarlar uchun 1999-yilda aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisida kelib tushayotgan soʻrovlar munosabati bilan Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi quyidagilarni tushuntiradi:
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 541-son “1999-yildagi Oʻzbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va Davlat budjetining prognozi toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra 1999-yilning 1-yanvaridan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinadigan tovarlarga nisbatan aksiz soligʻi stavkalari (8-2-son ilova) belgilangan. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-fevraldagi “Importni tariflar asosida tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 80-son qarori bilan tasdiqlangan aksiz soligʻi stavkalari (2-son ilova) qoʻllanilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari E. Gadoyev
1999-yil 4-mart, 04-02-05/497
1999-yil 4-mart, 04-02-05/497
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona
qoʻmitasi raisi oʻrinbosari S. Aripov
1999-yil 4-mart, 02/8-47
qoʻmitasi raisi oʻrinbosari S. Aripov
1999-yil 4-mart, 02/8-47
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 3-son)