“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
03.02.1999-y., 28-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
03.02.1999-y., 28-son
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
03.02.1999-y. 99-16-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
03.02.1999-y. 99-16-son
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI TOMONIDAN 1999 YIL 15 YaNVARda 594-son bilan roʻyxatga olingan, OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI VA DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI 27/99-02-son bilan TASDIQLAGAN ERKIN ALMAShTIRILADIGAN VALYUTANI SOTIB OLIShDA YIGʻIM TOʻLASh TARTIBINING 2.1-BANDI 2-XATBOShISIGA
TUShUNTIRISh
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 26-fevralda 650-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur Tushuntirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2001-yil 2-iyuldagi 64 va 2001-58-sonli “Erkin almashtiriladigan valyutani xarid qilish yigʻimini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1051, 18.07.2001-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tushayotgan soʻrovlar munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq tushuntirish beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi 1999-yil 8-yanvarda 27/99-02-son bilan tasdiqlagan Erkin almashtiriladigan valyuta xaridi uchun yigʻim toʻlash tartibining 2.1-bandi 2-xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kafolatlangan, vakolatli banklarning xorijiy kreditlari, valyuta kreditlari boʻyicha asosiy qarzini uzish va foizlarni toʻlash uchun valyutani xarid qilish va xorijiy valyuta xaridiga doir operatsiyalar uchun yigʻimdan ozod qilishni nazarda tutadi.
Moliya vaziri oʻrinbosari E. Gadoyev
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari B. Xodjayev
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 2-son)