Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
32-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat soliq qoʻmitasi
98-08-son
“SAHRO OLTINI” QOʻShMA KORXONASI UChUN SOLIQQA TORTISh, BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTNI YURITISh
tartibi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 3-fevral 1998-yil 403-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining “Sahro oltini” qoʻshma korxonasi uchun soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi 2006-yil 29-dekabrdagi 110-son, 2006-56-sonli qarori bilan oʻzyoʻqotgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2007-yil 18-yanvardagi 9-mh-sonli buyrugʻi bilan davlat reyestridan chiqarilgan.
Geologiya — qidiruv ishlarini amalga oshirish, texnik-iqtisodiy asoslashlarni tuzish, ishlab chiqarishni qurish, tayyorlash va oʻzlashtirish davrida Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan soliqlar, ajratmalar va toʻlovlarning barcha turlaridan “Sahro Oltini” qoʻshma korxonasi ozod qilinadi.
Soliqlar, budjetga va budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlar Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi “Sahro Oltini” Oʻzbekiston— Kanada qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida” gi 255-son qaroriga binoan yuritilgan buxgalteriya hisobi maʼlumotlari va ushbu Tartib asosida hisoblanadi.
I. Korxonaning foyda soligʻi
1.1. Sanoat mahsuloti chiqarish boshlangandan eʼtiboran 7 yil mobaynida qoʻshma korxona foyda soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi.
1.2. Imtiyozli davr tugagandan soʻng foyda soligʻi 16 foiz miqdorida toʻlanadi.
II. Qoʻshilgan qiymat soligʻi
2.1. Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish, texnik-iqtisodiy asoslashlarni tuzish, ishlab chiqarishni qurish, tayyorlash va oʻzlashtirish davrida qoʻshma korxona qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi.
Shuningdek, qoʻshma korxona moddiy resurslar sotib olgan va koʻrsatilgan xizmatlarni qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) bilan toʻlagan xollarda imtiyozli davr mobaynida QQS summasi budjet tomonidan qabul qilinmay umum oʻrnatilgan tartibda xarajatga olinadi.
2.2. Imtiyozli davr tugagandan soʻng QQS qoʻshma korxona tomonidan umum oʻrnatilgan tartibda amaldagi miqdorda toʻlanadi.
III. Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq
3.1. Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish, texnik-iqtisodiy asoslashlarni tuzish, ishlab chiqarishni qurish, tayyorlash va oʻzlashtarish davrida qoʻshma korxona yer ostidan foydalanganlik uchun soligʻidan ozod qilinadi.
3.2. Imtiyozli davr tutagandan soʻng yer ostidan foydalanganlik uchun soligʻi qoʻshma korxona tomonidan umum oʻrnatilgan tartibda amaldagi miqdorda toʻlanadi.
IV. Mol-mulk soligʻi
4.1. Qoʻshma korxona faoliyat davri davomida mol-mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilinadi.
V. Boj poshlinalari
5.1. Sanoat mahsuloti chiqarishning butun davrida qoʻshma korxona ehtiyojlari uchun asbob-uskuna va material resurslari importiga va tayyor mahsulot eksportiga boj poshlinalari toʻlashdan ozod qilinadi.
VI. Undiriladigan soliqlar
6.1. Qoʻshma korxonaning xorijiy qatnashchilari dividendlari boʻyicha daromadlarni chet mamlakatga oʻtkazishda daromad soliqlari toʻlashdan ozod qilinadi.
VII. Boshqa ajratmalar va soliqlar
7.1. Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish, texnik-iqtisodiy asoslashlarni tuzish, ishlab chiqarishni qurish, tayyorlash va oʻzlashtirish davrida Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan soliqlar, ajratmalar va toʻlovlarning boshqa turlaridan qoʻshma korxona ozod qilinadi.
VIII. Ajratma, toʻlov va soliqlar valyutasi
8.1. Foyda va qatnashchilar dividendlari boʻyicha soliqlarni qoʻshma korxona erkin almashtiriladigan valyutada toʻlaydi.
IX. Qoʻshma korxona buxgalteriya hisobi va hisoboti
9.1. Qoʻshma korxona Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilik va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirligi tasdiqdagan buxgalteriya hisobi andozalariga binoan buxgalteriya hisobini yuritadi, moliyaviy hisobot tuzadi va soliqlarni hisoblaydi.
9.2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi “Sahro Oltini” Oʻzbekiston-Kanada qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi 255-son Qarorini 5-bandiga muvofiq qoʻshma korxona hisobot davri yakunlari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki oʻrnatgan kursi boʻyicha soʻmga qayta hisoblangan holda AQSh dollarida buxgalterlik hisobini yuritadi va hisobot taqdim etadi.
9.3. Soʻm toʻlovlari amalga oshirilganda dollar ekvivalenti toʻlov sanasiga boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankini kursi boʻyicha hisobga olinadi.
52 “Valyuta scheti” boʻyicha sodir boʻlgan kurs farqi boshqa moliyaviy daromad va xarajatlar kabi moliyaviy natija (80-schet) hisobiga oyma-oy hisobdan chiqariladi.
9.4. Moliyaviy hisobotning hisobot davri Oʻzbekiston Respublikasini buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq aniklanadi.
X. Korxonaning geologiya-qidiruv bosqichdagi xarajatlari
10.1. Korxonaning konlarni qidiruv va oʻzlashtirish davridagi xarajatlari 26-schet “Davr xarajatlari”ni yordamchi (26/4 “Kelajakda solikdanadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari”) schetida hisobga olinadi.
10.2. Ushbu xarajatlarni soliqlanadigan bazadan chiqarish konlarni oʻzlashtirish boʻyicha amalga oshiriladi.
Vazirning oʻrinbosari
E.GADOYEV
Raisning birinchi oʻrinbosari
M.QUROLOV