Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2008 09.10.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 829
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar qoʻmitasining Tartibi, 09.10.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 829
Kuchga kirish sanasi
09.10.1999
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.05.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi

Makroiqtisodstat

vazirligi qoshidagi Iqtisodiy

nochor korxonalar ishlari

qoʻmitasi raisi

T.Z. TOXTAYEV

1999-yil 22-sentabr, 14-son

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Tovar ishlab chiqaruvchilar

va tadbirkorlar palatasi

N. PARDAYEV

1999-yil 22-sentabr

“KELIShILGAN”

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KIChIK VA OʻRTA KORXONALARNING IQTISODIY NOChORLIGI BELGILARINI ANIQLASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 9-oktabrda 829-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2008-yil 14-apreldagi 6-sonli “Kichik va oʻrta korxonalarning iqtisodiy nochorligi belgilarini aniqlash Tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 829-1, 21.04.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 296-son va 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan, uning maqsadi iqtisodiy nochorlik belgilarini erta bosqichda aniqlash, kichik va oʻrta biznes korxonalarini (matn davomida — korxonalar) sanatsiyalash yoki tugatish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqishni amalga oshirish yoʻli bilan korxonalar bankrot boʻlishining oldini olish va ularning toʻlovga qobilligini qoʻllab-quvvatlashdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iqtisodiy holatiga bogliq ravishda korxonalar quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barqaror moliyaviy ahvolga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy tavakkalchilikga ega;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy nochor.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Iqtisodiy tavakkalchilik belgilari aniqlanganda korxonalar moliya-xoʻjalik faoliyatini soglomlashtirish boʻyicha tadbirlar majmuini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iqtisodiy nochor korxonalar qonunga muvofiq bankrotlik toʻgʻrisida eʼlon berish yoʻli bilan majburan (ixtiyoriy ravishda) tugatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Korxonalarning iqtisodiy holatini baholash va ularni iqtisodiy holatni aks ettiruvchi guruhlarga kiritish uchun asosiy koʻrsatkichlar (mezonlar) quyidagi tarzda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) qarzlarni ular toʻlanadigan paytga qadar 60 kungacha realizatsiya tushumlari bilan uzganda — korxonalar “moliyaviy barqaror korxonalar” guruhiga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ular toʻlanadigan paytga qadar 180 kungacha pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtgan kreditorlik qarzlari mavjud boʻlganda - korxonalar “iqtisodiy tavakkalchilikli korxonalar” guruhiga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ular toʻlanadigan paytga qadar olti oygacha pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtgan kreditorlik qarzlari mavjud boʻlganda - korxonalar “iqtisodiy nochor korxonalar” guruhiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzlar qonunga muvofiq majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatlari va pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini bajarish payti kelishi bilan belgilanadi (masalan, soliqlarni budjetga har oyda yoki har chorakda, hisobot davridan keyingi muayyan sanada toʻlash muddatlari).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qarzlar summasini belgilash paytida muddati oʻtmagan, uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar va zayomlar, yaʼni toʻlash muddati kelmagan uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar va zayomlar summalari chiqarib tashlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Muddati olti oydan oshib ketgan qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Debitorlik va kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma” degan 2-a-Moliyaviy hisobot shaklidan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Iqtisodiy nochorlikni belgilash uchun mazkur hujjat bilan tasdiqlangan koeffitsiyentlarning meʼyoriy qiymatlari barcha kichik va oʻrta korxonalar uchun yagonadir. Bunda alohida tarmoqlarning oʻziga xos jihatlarini hisobga olgan holda ularni hisoblash usuli, Makroiqtisodstat vazirligi qoshidagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi va Tovar ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlar Palatasi bilan kelishgan holda, oʻzgarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur mezonlar tizimi u Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olingan paytdan boshlab amalga kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 11-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 17-son, 134-modda)