Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.01.2000 18.08.1994 yildagi 426-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.01.2000
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“MEVASABZAVOTBANK” IXTISOSLAShTIRILGAN AKSIONERLIK-TIJORAT BINKINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 13-yanvardagi 12-sonli “Mevasabzavotbank” ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat bankini qoʻshib yuborish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika meva-sabzavot xoʻjaligi va uning qayta ishlovchi sanoatining ishlashi hamda yanada rivojlanishini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat”, “Oʻzoziqovqatsanoat” davlat konsernlari va Moliya vazirligining “Mevasabzavotbank” respublika ixtisoslashgan aksionerlik-tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik bildirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bankning asosiy vazifalari meva-sabzavot xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlariga, savdo, tayyorlov va qurilish sohasi tashkilotlarining qayta ishlovchi korxonalariga kredit-hisob-kitob xizmatini koʻrsatish etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Mevasabzavotbank” muassislari tomonidan ustav fondi 5 mln soʻm miqdorida eʼlon qilingan va ularning har birining ulushi, shu jumladan, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” — 2 mln soʻm, “Oʻzoziqovqatsanoat” — 2 mln soʻm va Moliya vazirligi — 1 mln soʻmdan iborat qilib belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Mevasabzavotbank” muassislari bir oy muddatda taʼsis badallarini toʻlasinlar va bankning ustav fondini tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Mevasabzavotbank” ustav fondi bank aksiyalarini sotishdan olinadigan mablagʻlar hisobiga shakllantirilishi lozimligini hisobga olib, bank Kengashi uch oy muddatda aksiyalarning chiqarilishini va ularning aksionerlar oʻrtasida tarqatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” 1994-yil 1-sentabrgacha boʻlgan holatga koʻra boʻlish vedomostiga muvofiq aktivlar va passivlarni “Mevasabzavotbank” ka berishni 1994-yil 1-noyabrgacha belgilangan tartibda amalga oshirsin, shuningdek, asosiy fondlar va xizmat xonalarining tegishli qismini ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki: “Mevasabzavotbank”ning tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq masalalarni hal qilishda amaliy yordam koʻrsatsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdehqonchiliksanoatbank” va “Oʻzsanoatqurilishbank” bilan birgalikda bankni malakali mutaxassislar bilan butlashda yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Toshshaharyoʻlovchitrans” uyushmasi, Aloqa vazirligi “Mevasabzavotbank” ni uning buyurtmanomalari boʻyicha zarur miqdordagi transport va aloqa vositalari bilan taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Mevasabzavotbank” ishini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda amaliy yordam koʻrsatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 18-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
426-son