Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.01.2015 27.11.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 986
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yoʻriqnomasi, 27.11.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 986
Kuchga kirish sanasi
07.12.2000
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.01.2015
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi
Davlat matbuot qoʻmitasi tomonidan
2000-yil 4-sentabrda

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan

2000-yil 20-sentabrda
103-son bilan

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi
Makroiqtisodiyot va
statistika vazirligi bilan
2000-yil 15-sentabrda

“KELIShILGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi
Xalq taʼlimi vazirligi bilan
2000-yil 12-sentabrda

“KELIShILGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy va oʻrta maxsus
taʼlim vazirligi bilan

“KELIShILGAN”

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UZLUKSIZ TAʼLIM TIZIMI UChUN YaRATILGAN YaNGI OʻQUV ADABIYOTLARI V A BOShQA OʻQUV VOSITALARINI NAShR ETISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻriqnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 27-noyabrda 986-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2014-yil 31-dekabrdagi 17-m/h, 90-sonli “Uzluksiz taʼlim tizimi uchun yaratilgan yangi oʻquv adabiyotlari va boshqa oʻquv vositalarini nashr etish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 986-1, 08.01.2015-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvar 4-son “Uzluksiz taʼlim tizimini darsliklar va oʻquv adabiyotlar bilan taʼminlashni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Respublikamizning oʻrta umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, oliy oʻquv yurtlari uchun oʻquv darsliklari va boshqa oʻquv vositalarini nashr etish Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan aniq yillik rejalar hamda nashriyotlar tomonidan qatʼiy belgilangan jadvallar asosida olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uzluksiz taʼlim tizimi uchun oʻquv-uslubiy adabiyotlar va boshqa oʻquv vositalarini nashr etish va uning matbaa ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat standartlari talablari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarning matbaa ijrosi nashriyot bilan matbaa korxonasi oʻrtasida tuziladigan shartnomaga binoan amalga oshiriladi. Nashriyot darsliklarning sifatli chiqarilishini taʼminlash va narxini arzonlashtirish, tayyorlanadigan oʻquv-uslubiy adabiyotlarining matbaa ijrosini yaxshilash maqsadida ularni bosmaxonalarga tender (tanlov) asosida berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Oʻquv-uslubiy adabiyotlarni va boshqa oʻquv vositalarini nashr etishda sarflanadigan qogʻoz va boshqa matbaa xomashyosi nashriyotlarning ishlab chiqarish boʻlimlari tomonidan toʻldiriladigan va direktori tomonidan tasdiqlangan talabnomalarga binoan Davlat matbuot qoʻmitasining yetakchi mutaxassislari tomonidan koʻrib chiqilib, qoʻmita Raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan ruxsat etilgandan soʻng “Oʻzmatbaataʼminot” Respublika korxonasi hamda matbaa korxonalari tomonidan 10 kun muddat ichida taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.4. Matbaa korxonalari oʻquv-uslubiy adabiyotlari va boshqa oʻquv vositalarini chop etish uchun sarflanadigan qogʻoz va boshqa matbaa xomashyosini bevocita oʻzlari shartnoma asosida sotib olishlari ham mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Matbaa korxonasiga topshiriladigan qoʻlyozmalarga qoʻyiladigan rasmiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Oʻquv-uslubiy adabiyotlarni va boshqa oʻquv vositalarini nashr etish uchun nashriyotlar, matbaa korxonalarining texnologik imkoniyatlarini hisobga olib va Respublika Davlat standartlari talablariga asosan matbaa korxonalariga buyurtma asosida beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Matbaa korxonasiga topshiriladigan qoʻlyozmaning asosiy matni ikki yarim oraliq masofa (interval) va A4 (210x297mm) bichimli qogʻozda yozuv mashinkasida yoki kompyuterda aniq va tiniq bosilgan boʻlishi kerak. Qoʻlyozmaning har bir varagʻi chap tomondan 25 mm. hoshiya ajratilgan boʻlishi lozim. Bir varaq 30 qatordan koʻp boʻlmasligi qatorning eni 57-58 belgini (oraliqlarni qoʻshib hisobga olganda) tashkil etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. Qoʻlyozmalar bilan birgalikda yoki alohida (matbaa korxonasining imkoniyatiga qarab) matnlar orasiga qoʻyiladigan suratlar, chizmalarni, muqovaning oʻlchamlari, qoʻyiladigan betlari, rangi aniq koʻrsatilishi va nashriyot rahbariyati hamda ijrochi mutaxassislari tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.4. Nashriyot tomonidan qoʻlyozmalarning matni kompyuter disketlarida berilganda, disketlar turi, kompyuterlar turi va dasturlariga qarab nashriyot matbaa korxonalari bilan oʻzaro kelishuvga binoan amalga oshiriladi. Nashriyot qoʻlyozma bilan birgalikda matn va suratlarni fotoplyonkalarni pozitiv slayd turida taqdim etganda ranglarning xili ajratilgan, sifati buzilmagan tartibda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Matbaa ijrosi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Oʻquv-uslubiy adabiyotlarni va boshqa oʻquv vositalarini nashr etish ishlari nashriyot va matbaa korxonalari bilan birgalikda tuzilgan jadval asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Qoʻlyozma nashriyot tomonidan qayta koʻrilib tayyorlangan matbaa korxonasiga texnologik tafsilot roʻyxati (texnologik spetsifikatsiya) bilan birgalikda topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Matbaa texnologik jarayonining birinchi bosqichida, nashrlar matnlarini terish, sahifalash, nashriyot tomonidan kiritilgan oʻzgartirishlar, xatolarni tuzatish, qoʻshimcha rasm, grafik chizmalarni yigʻish (montaj qilish), qoliplar (shakl) tayyorlash ishlari bajariladi. Hajmi 10,0 bosma taboq boʻlgan nashrlar uchun 40—50 ish kuni sarflanadi. Oʻquv adabiyotlar adadi koʻp nusxali boʻlgani uchun tayyorlangan qoliplar bir necha marta qayta tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. Matbaa texnologik jarayonining ikkinchi bosqichida, tayyorlangan qoliplarni chop etish uskunalariga oʻrnatish, bosimini sozlash, boʻyoqlarni tanlash, qogʻozni uskunaga moslash, uskunani texnik sozlash ishlari bajariladi. Nashrning texnologik murakkabligi, adadi hisobiga olingan holda bosish uchun 50—60 ish kuni sarflanadi. Bu jarayonda chop etish bir necha qismga boʻlinishi sababli chop etuvchi uskunalarning qoliplari bir necha bor almashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. Matbaa texnologik jarayonining uchinchi bosqichida, chop etilgan varaqlarni jamlash, tikish, texnologik ishlov berish, qirqish, muqovalarni tayyorlash, bezaklash, kitob toʻplamini (blokni) muqova ichiga joylash va joʻnatishga tayyorlash ishlari bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muqovalash uskunalaridagi yelimlarni eritish, ishdan soʻng uskunani yelimlardan tozalash va tayyorlash muqovalarni hamda tayyor holatga keltirilgan kitoblarni oʻz vaqtida quritish, tayyorlanayotgan kitoblarning adadini bir necha qism (zavod)ga boʻlinishi natijasida uskunalarni qayta sozlash ishlariga 50—60 ish kuni sarflanadi. Jami matbaa ijrosi uchun esa 150—170 ish kuni sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tayyor oʻquv uslubiy adabiyotlarni va boshqa oʻquv vositalarini joylarga tarqatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1 Darsliklar bilan taʼminlash pulli shaklga oʻtilgandan keyin ham barcha maktablarning 1-sinf oʻquvchilari, mehribonlik uylari, aqlan va jismonan zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internat oʻquvchilari darsliklardan bepul taʼminlanishi munosabati bilan ushbu darsliklar Xalq taʼlimi vazirligi tasdiqlagan taqsimot asosida “Oʻzdavkitobsavdotaʼminot” uyushmasi va uning viloyatlardagi hissadorlik jamiyatlari tomonidan maktablarga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. Respublikadagi oʻquv kutubxonalari jamgʻarmasiga darsliklar va oʻquv adabiyotlari Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va boshqa oʻquv yurtlariga ega boʻlgan vazirlik hamda idoralar tomonidan berilgan taqsimot va toʻloviga binoan “Oʻzdavkitobsavdotaʼminot” uyushmasi tomonidan tarqatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. Erkin sotuvda chiqarilgan darsliklar va oʻquv-uslubiy adabiyotlarni tarqatish nashriyotlar (buyurtmachi) tomonidan “Oʻzdavkitobsavdotaʼminot” aksiyadorlik uyushmasi hamda uning viloyatlardagi hissadorlik jamiyatlari va kitob savdosi bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar (mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar) orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4. Viloyatlarga yetib borgan kitob mahsulotlari shu hududdagi oraliq masofalar hisobiga olingan holda 10—20 ish kuni mobaynida kitob doʻkonlariga va boshqa savdo shoxobchalariga yetkaziladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 22-son)