OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI PREZIDENTINING
Farmoni
OʻZBEKISTON SSJ AHOLIGA MAIShIY XIZMAT KOʻRSATISh MINISTRLIGINI OʻZBEKISTON SSJ MINISTRLAR KENGAShI HUZURIDAGI AHOLIGA MAIShIY XIZMAT KOʻRSATISh JUMHURIYAT DAVLAT-KOOPERATIV MARKAZI (“UZBЫTSENTR”)GA AYLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 7-apreldagi PF-385-son “Aholiga maishiy xizmat koʻrsatuvchi korxonalar va tashkilotlarning Oʻzbekiston respublikasi uyushmasi (Oʻzmaishiyxizmatuyushma)ni tashkil qilish toʻgʻrisida Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Jumhuriyat aholisiga maishiy xizmat koʻrsatishni tubdan yaxshilash, yangi iqtisodiy munosabatlarni, mulkchilikning turli shakllarini joriy etish, xoʻjalik tashabbusi va omilkorlik uchun shart-sharoit yaratish, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish uchun xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining roli va masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston SSJ Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish ministrligi, Oʻzbekiston SSJ Ministrligi Kengashi huzuridagi Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish jumhuriyat davlat-kooperativ markazi (“Uzbitsentr”)ga aylantirilsin.
Oʻzbekiston SSJ Ministrlar Kengashi mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1990-yil 25-sentabr,
PF-56-son
(Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyati Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 25—27-son, 333-modda)