23.09.2024 yildagi PQ-334-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xokkey sport turini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xokkey sport turini yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, trener va hakamlarni xalqaro talablar asosida tayyorlash, shuningdek, xokkey sport turi boʻyicha infratuzilmani yaxshilash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar xokkey sport turini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xokkey sport turi boʻyicha terma jamoalar va sport klublari uchun sport zaxirasini yaratish, iqtidorli sportchilarni saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan tizimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xokkey sport turi boʻyicha malakali trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet ellik mutaxassislar, trener va sportchilarni jalb etish hamda ular bilan oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xokkey sport turi boʻyicha infratuzilmani yanada yaxshilash hamda xalqaro talablarga muvofiqlashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sport vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi bilan birgalikda 2025-yildan boshlab har yili:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xokkey sport turi boʻyicha xalqaro tashkilotlar va chet ellik mutaxassislar ishtirokida seminar-treninglar, shuningdek, ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Sport faoliyati” (xokkey)” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalarining xokkey klublari sport bazalarida amaliyotini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2025 — 2027-yillarda Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasi hududida Xokkey sport majmuasini (keyingi oʻrinlarda — Majmua) barpo etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sport vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston xokkey federatsiyasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majmuani innovatsion texnologiyalarga asoslangan holda qimmat boʻlmagan va energiya tejovchi materiallardan zamonaviy muz saroyi bilan birgalikda barpo etish va foydalanishga topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majmua qurib bitkazilgandan soʻng unga Oʻzbekiston xokkey federatsiyasini tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish va Majmuani saqlash xarajatlarini Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majmua 2025 — 2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida barpo etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majmua xokkey sport turi boʻyicha terma jamoalar uchun oʻquv-mashgʻulot jarayonini va sport musobaqalarini oʻtkazish boʻyicha Oʻzbekiston xokkey federatsiyasining asosiy bazasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab tegishli moliya yili uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida yil davomida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sport vazirligi Majmua qurib bitkazilgandan soʻng uni belgilangan tartibda qabul qilib olish hamda Oʻzbekiston xokkey federatsiyasiga tekin foydalanish huquqi asosida berish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi boʻyicha sport klublari va nodavlat sport taʼlim tashkilotlari uchun foyda soligʻi uch yil muddatga 50 foizga kamaytiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi boʻyicha sport klublari va nodavlat sport taʼlim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish uchun yuridik shaxslar tomonidan yoʻnaltiriladigan homiylik xayriyalari summasi foyda soligʻini hisoblashda soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Samarqand viloyati va Toshkent shahri hokimliklarining xokkey sport turi boʻyicha chet ellik mutaxassis va trenerlarni belgilangan tartibda Samarqand shahrida 2 ta hamda Toshkent shahrida 10 ta xizmat uylari bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi boʻyicha sport klublari va nodavlat sport taʼlim tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga xokkey sport turi boʻyicha jalb etiladigan chet ellik trener, sportchi va boshqa mutaxassislar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnoma tegishli toʻlovlarni undirmagan holda beriladi (uzaytiriladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024 — 2029-yillarda Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xokkey boʻyicha bolalar va oʻsmirlar sportini yanada rivojlantirish, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda ilgʻor ilmiy tajribalarni joriy etish hamda milliy terma jamoalar sportchilarini samarali tayyorlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida har yil Davlat budjetidan 2 milliard soʻm mablagʻ Oʻzbekiston xokkey federatsiyasiga ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xokkey sport turi boʻyicha chet ellik sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislarni yashash uchun mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalariga joylashtirishda Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey sport turi boʻyicha sport klublari va nodavlat sport taʼlim tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha turistik yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 2028-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi, uning hududiy boʻlinmalari, shuningdek, xokkey sport turi boʻyicha sport klublari va nodavlat sport taʼlim tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan hamda Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari, inventarlari, translyatsiya qilish bilan bogʻliq barcha asbob-uskunalar va texnikalar, farmakologiya mahsulotlari, sport ozuqalari, maxsus professional sport kiyimlari, maxsus texnika va transport vositalari, shuningdek, xokkey sport turida foydalaniladigan boshqa barcha mahsulotlar uchun bojxona boji toʻlovlaridan (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar mustasno) ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur banddagi imtiyoz va shartlar Sport vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Sport vazirligi, Oʻzbekiston xokkey federatsiyasi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri A.I. Ikramov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 23-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-334-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2024-y., 07/24/334/0743-son)