20.03.2024 yildagi PQ-136-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash va tayyorlashning samarali tizimini yaratish, milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish, mahallalardan boshlab futbol infratuzilmasini rivojlantirish hamda futbol maktablari va futbol akademiyalariga iqtidorli futbolchilarni saralab olishni (seleksiya) yanada takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-noyabrdagi “Futbol-taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-355-son qarori bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir hududda ommaviy va professional futbolni rivojlantirish, shuningdek, mavjud futbol infratuzilmasidan samarali foydalanishni tashkil etishga masʼul boʻlgan sport maktabi direktorining futbolni rivojlantirish boʻyicha alohida oʻrinbosari lavozimi joriy etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi barcha darajadagi futbol-taʼlim muassasalari, shuningdek Sport vazirligi tizimidagi sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablaridagi mavjud futbol seksiyalari trenerlariga umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshirishi belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mahallalarda 16 — 30 yosh toifasidagi yoshlar (oʻgʻil va qizlar) oʻrtasida 2021-yildan boshlab har yili anʼanaviy tarzda futbol va mini-futbol boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati (keyingi oʻrinlarda — DXX) kubogi musobaqalari keng qamrovda oʻtkazib kelinayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Futbolni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni eng quyi tizimgacha tushirish hamda mahallalardan boshlab iqtidorli yoshlarni saralab olish (seleksiya) tizimini yaratish maqsadida mahalladagi yoshlar yetakchisiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek, bu borada turli targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda mavjud boʻlgan futbol boʻyicha sport inshootlari hamda boshqa sport maydonchalaridan tizimli va samarali foydalanilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallada futbol boʻyicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi “mahalla terma jamoa”larini shakllantirish hamda ularni tayyorlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla yoshlarining futbol bilan shugʻullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligini tahlil qilib borish hamda futbolni rivojlantirish boʻyicha sport-taʼlim tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikni tizimli yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalardagi yosh iqtidorli futbolchilarni aniqlash hamda ularni professional futbol taʼlim muassasalariga yoʻnaltirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, sport inventarlari bilan taʼminlash va mahalla terma jamoalariga qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalladagi yoshlar yetakchisining hududlarda futbol sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmalari, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalari, sport maktablaridagi futbol boʻyicha direktor oʻrinbosarlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalladagi yoshlar yetakchisining futbol sohasidagi faoliyatiga tizimli ravishda amaliy yordam koʻrsatish — Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining hududiy boʻlinmalari, sport maktablaridagi futbolni rivojlantirish boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, futbol murabbiylari va joylardagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish doirasida Davlat budjeti hisobidan mahallalarda namunaviy tipdagi sport inshootlarini barpo etishda jamoaviy sport turlariga ustunlik berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sport vazirligi (A. Ikramov) ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi PQ-245-son qarori bilan tasdiqlangan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida gʻolib va sovrindor boʻlgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud boʻlmagan mahallalarda universal, stritbol va vorkaut sport maydonchalarini 2030-yilga qadar tashkil qilishning umumiy parametrlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) Sport vazirligi (A. Ikramov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Q. Quranboyev) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili 1-yanvarga qadar mahallalarda oʻtkaziladigan futbol musobaqalari, chempionat va turnirlarning alohida yillik kalendar rejasini tasdiqlab borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla terma jamoalarining 12 — 15 yosh toifalari oʻrtasida ikki bosqichli “Mahalla ligasi” va 16 — 30 yosh toifalari oʻrtasida uch bosqichli DXX kubogi musobaqalarini oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda futbol musobaqalarining yillik kalendar rejasiga muvofiq musobaqalarni oʻtkazish va gʻolib boʻlgan mahalla jamoalarini ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024/2025 oʻquv yiliga qadar “Mahalla ligasi” musobaqalarida oʻz iqtidorini namoyon etgan eng iqtidorli futbolchi yoshlarni saralab olish (seleksiya) orqali hududiy futbol va sport maktablari hamda futbol akademiyalariga yoʻnaltirib borish tizimini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (A. Azizov) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) bilan birgalikda 2024-yildan boshlab Angliya maktablari futbol assotsiatsiyasi tajribasi asosida barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 8 — 11-sinf oʻquvchilari orasidan bir nafar maktab futbol yetakchisini tanlab olish tizimini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻrtasida boʻladigan musobaqalarda maktab futbol yetakchilari oʻzlari tahsil olayotgan umumiy oʻrta taʼlim muassasaning ishtirok etishi bilan bogʻliq masalalarda sport maktabi direktorining futbolni rivojlantirish boʻyicha oʻrinbosariga koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mazkur qarorning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini yoritishga oid maqolalar, brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlar tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sport vaziri A.I. Ikramov hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi raisi A.A. Azizov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 20-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-136-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.03.2024-y., 07/24/136/0234-son)