10.02.2024 yildagi 82-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyatida jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan hamda Samarqand viloyatida jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyatining Payariq tumani Xartang qishlogʻida joylashgan Imom al-Buxoriy majmuasida keng koʻlamdagi qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 415-son qaroriga asosan respublika budjeti va Abu-Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Samarqand shahrida avtomobil yoʻllari, koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar va tunnellarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlash ishlarini amalga oshirish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Samarqand viloyati hokimligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining viloyatda keng koʻlamda qurilish va obodonlashtirish ishlarini davom ettirish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan jami 661 ta, shundan Imom al-Buxoriy majmuasi atrofidagi hududlarni obodonlashtirish uchun 121 ta hamda Abu Dabi taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida Samarqand shahrida koʻprik, tunnellar va avtomobil yoʻllari qurilishini amalga oshirish uchun 540 ta koʻchmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda koʻrsatilgan yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi hamda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunlari talablariga qatʼiy rioya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Samarqand viloyati hokimligi jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasidan (keyingi oʻrinlarda — Respublika jamgʻarmasi) mablagʻ ajratish uchun talab etiladigan tegishli hujjatlarni bosqichma-bosqich Respublika jamgʻarmasi kuzatuv kengashiga kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Respublika jamgʻarmasi kuzatuv kengashining qaroriga asosan Respublika jamgʻarmasidan Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmaga (keyingi oʻrinlarda — hududiy jamgʻarma) zarur mablagʻlarni Samarqand viloyati hokimligining talabnomasiga asosan bosqichma-bosqich ajratib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Samarqand viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika jamgʻarmasidan hududiy jamgʻarmaga ajratiladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibga qatʼiy rioya qilgan holda mulkdorlarga toʻlab berilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlarning sarflanishi haqida Respublika jamgʻarmasi kuzatuv kengashiga yozma hisobot kiritib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan yetkazilgan zararlarni qoplash uchun ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi boʻyicha belgilangan tartibda nazorat oʻrnatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 10-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2024-y., 09/24/82/0114-son)