“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2022-yil 16-sentabr kuni Samarqand shahrida imzolangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat maqomini olish uchun Eron Islom Respublikasining majburiyatlari to‘g‘risidagi memorandum tasdiqlansin.
2. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi to‘g‘risida Shanxay hamkorlik tashkiloti Kotibiyatiga tegishli bildirishnoma yuborsin.
3. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan so‘ng uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi B.O. Saidov zimmasiga yuklansin.