“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:
1. 2022-yil 17-avgust kuni Jidda shahrida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi Hukumati o‘rtasida xodimlarni ishga qabul qilish bo‘yicha mehnat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlansin.
2. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilansin.
3. Tashki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ belgilanganligi to‘g‘risida Saudiya Arabistoni tomoniga tegishli bildirishnoma yuborsin.
4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan so‘ng uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.