27.02.2023 yildagi PQ-74-son
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi PQ-88-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 07/24/88/0159-son )
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorning 2, 6 va 13-bandlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish 2023-yilda Davlat budjetidan tegishli sohalarga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshirilishini, 2024-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda zarur mablag‘larni inobatga olsin.

T/r

Chora-tadbirning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qonunchilik bazasini takomillashtirish

1.

Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan nogironligi bo‘lgan bolaga g‘amxo‘rlik qilish uchun shu muassasada uning otasi yoki onasiga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxsga) yoxud oilaning bolani bevosita parvarishlayotgan boshqa a’zosiga nogironligi bo‘lgan bolaning yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratishni, jumladan statsionar tibbiyot muassasalarida nogironligi bo‘lgan bolani parvarish qilish bilan band bo‘lgan shaxslarga mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilishini va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga qarovchi shaxslar uchun davlat statsionar tibbiyot muassasalarida bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yilishini ko‘zda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar

2.

O‘zbekiston Respublikasining “Ijara to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Loyihada ijarachi nogiron deb topilganligiga qaramasdan amaldagi ijara shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni davom ettirish istagini bildirgan taqdirda ijara shartnomasining amal qilishi to‘xtatilmasligi nazarda tutiladi.

O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi

2023-yil aprel

Adliya vazirligi,

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyuldagi “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 411-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Loyihada:

fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish va nogironlikni belgilash bilan bir vaqtda tegishli protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun tibbiy xulosa tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimiga kiritilishi;

protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun talab etiladigan tibbiy xulosaning mavjudligi o‘zaro axborot almashinuvi orqali aniqlanishi;

“Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimiga kiritilgan tibbiy xulosa asosida mazkur axborot tizimga integratsiya qilingan “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasida nogironligi belgilangan shaxsning murojaatiga (shu jumladan, elektron tartibda) ko‘ra protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun elektron sertifikat shakllantirilishi;

nogironligi bo‘lgan shaxslarni “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasi orqali zamonaviy protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlashda joriy etiladigan shaffof elektron navbat doirasida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila a’zolariga ustuvorlik berilishi;

protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash uchun so‘rovnomalar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatidan bitta so‘rovnoma va umumiy ro‘yxatdan bitta so‘rovnoma tartibida navbatma-navbat shakllantirilishi;

protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarining amaldagi ro‘yxatini kengaytirish ko‘zda tutiladi.

Hukumat qarori loyihasi

2023-yil iyun

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan bolalarning nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilishi asosli ekanligini aniqlash maqsadida ularni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlarining yo‘llanmasiga asosan qaytadan tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborishni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

5.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilishda ularga nisbatan dastlabki sinov muddatini qo‘llamaslik tartibini joriy etish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish hamda takliflar kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2023-yil may

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz

6.

Nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga o‘tish, jumladan uning mezonlarini jahon andozalariga mos tartibini joriy etish bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish safarlarini tashkil etgan holda tahlil qilish.

Tahlil natijalariga ko‘ra aniq takliflar kiritish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2023-yil aprel

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish

7.

2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida aholining muhtoj qismini zamonaviy protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash darajasini 60 foizga yetkazish bo‘yicha belgilangan vazifa doirasida Davlat budjetidan sohaga ajratilgan mablag‘lar hisobidan 2023-yilda muhtoj shaxslarni xorijiy texnologiyalar asosida tayyorlangan quyidagi turdagi sifatli zamonaviy oyoq protez-ortopediya buyumlari:

nogironligi bo‘lgan shaxslarni son olib tashlangandan keyingi oyoq protezi bilan;

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan hamda I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarni son protezi, boldir protezi va oyoq kamari ortoped apparatlari bilan bepul ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchi fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlarning yagona ro‘yxatini shakllantirish.

Mazkur ro‘yxatni “Advice.uz” (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portalida e’lon qilib, Internet tarmog‘i orqali keng yoritib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Adliya vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

9.

Advokatlik tuzilmalari va advokatlarga nogironligi bo‘lgan shaxslarga ixtiyoriy bepul yordam ko‘rsatishga (pro bono) ko‘maklashish doirasida “Yuridik yordam” axborot tizimida advokatlik tuzilmalari va advokatlar foydalanishi uchun ochiq bo‘lgan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ixtiyoriy bepul yuridik yordam olish bo‘yicha murojaatlari bo‘limini yaratish hamda ularni xabardor qilish funksiyalarini joriy etish.

Bunda, “Yuridik yordam” axborot tizimini texnik jihatdan takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil aprel

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Advokatlar palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Davlat organlari va tashkilotlarida I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, nogironligi bo‘lgan bolalarga va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchi (yo‘lda kuzatib boruvchi) bir nafar fuqaroga navbatsiz xizmat ko‘rsatilishini anglatuvchi maxsus axborot belgilari o‘rnatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Madaniyat va turizm vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

“Ijtimoiy xizmat” elektron platformasiga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi ma’lumotlarini integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning savdo ko‘rgazmalarini tashkil etish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ular tomonidan tayyorlangan mahsulotlar savdosini yo‘lga qo‘yishda har tomonlama ko‘maklashish.

Bunda:

ko‘rgazma savdolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida tashkil etiladigan hunarmandchilik mahsulotlari savdo pavilonlarida doimiy faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;

nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning mahalliy va xorijiy elektron platformalarda savdosini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Madaniyat va turizm vazirligi,

“Hunarmand” uyushmasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Ommaviy axborot vositalarida nogironligi bo‘lgan shaxslarning faol ijtimoiy roli ijobiy qabul qilinishi hamda ularning ijtimoiy integratsiyasiga imkon beruvchi ijobiy yondashuvni gavdalantirishga qaratilgan axborotni keng yoritib borish, shuningdek, nogironligi bo‘l�an shaxslarning qadr-qimmati va qobiliyati hamda ularning ish joyidagi va mehnat faoliyatidagi jamoa yutuqlariga qo‘shayotgan hissasi e’tirof etilishiga ko‘maklashish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Adliya vazirligi,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlar to‘g‘risida, shuningdek, nogironlik belgisiga ko‘ra kamsitilishga yo‘l qo‘ymaslik, nogironligi bo‘lgan shaxslarga o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlaridan foydalanishlari uchun qulay sharoitlar yaratish haqida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Adliya vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar