“ | ||
a) ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun | ||
agar ko‘chmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida joylashgan bo‘lsa | — BHMning 1 baravari | |
agar ko‘chmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida joylashgan bo‘lsa | — BHMning 50 foizi | |
Izoh. Mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning er�ga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga ko‘chmas mol-mulkni o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi. | ||
”; |
“ | ||
g) mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga o‘zgartishlar kiritganlik uchun | ||
mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga | — BHMning 10 foizi | |
jismoniy shaxslar uchun | — BHMning 25 foizi | |
yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa | — BHMning 50 foizi | |
Izoh. Mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini bekor qilganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi. | ||
d) mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun, bundan “p” kichik bandda belgilangan hollar mustasno | — BHMning 25 foizi | |
e) garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun | ||
jismoniy shaxslar uchun: | — BHMning 1 baravari | |
yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa | — BHMning 2 baravari | |
Izoh. Garov, ipoteka va lizing shartnomalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi bitimlar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi. | ||
”; |
“ | ||
z) qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun | — BHMning 25 foizi | |
Izoh. Qarz shartnomasiga o‘zgartishlar kiritganlik yoki uni bekor qilganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi. | ||
”; |
“ | ||
o) avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi | ||
avtomototransport vositalari uchun | — BHMning 3 baravari | |
bitta mototransport, motoaravacha, motoqayiq uchun | — BHMning 25 foizi | |
Izoh. Ayirboshlash shartnomasi rasmiylashtirilayotganda davlat boji faqat bir avtomototransport vositasi uchun undiriladi. Quyidagi shartnomalarni rasmiylashtirishda: mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga avtomototransport vositalarini o‘tkazish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 5 foizi miqdorida undiriladi; bank kreditlari hisobiga sotib olinadigan avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi uchun davlat boji belgilangan stavkaning 10 foizi miqdorida undiriladi; yo‘l-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda davlat boji miqdori shu transport vositalari yaroqliligining qoldiq foiziga qarab o‘zgartiriladi hamda uning miqdori bitim taraflarining xohishiga ko‘ra va notariusning topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari mutaxassislari, bunday muassasalar bo‘lmagan hududlarda esa — “O‘zavtotexxizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkilotlari tomonidan belgilanadi. | ||
p) avtomototransport vositalarini boshqarishga va tasarruf qilishga oid ishonchnomalarni, shuningdek avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun | ||
mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga, jiyanlariga | — BHMning 50 foizi | |
boshqa shaxslarga | — BHMning 2 baravari | |
”; |
“ | ||
18. Chet el fuqarolari ishtirokidagi nikohlarning tuzilganligini, shuningdek nikohlarning bekor qilinganligini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun: | ||
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet el fuqarolari bilan nikohlarini, shuningdek chet el fuqarolarining o‘zaro nikohlarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun | — BHMning 2 baravari | |
”. |