Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
RESPUBLIKADA IQTISODIY ISLOHOTNI AMALGA OShIRISh MASALALARIGA DOIR QARORLARNING BAJARILIShINI NAZORAT QILUVChI JAMOAT KOMISSIYALARI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1 maptdagi 106-son “Oʻzbekiston Respublikasi Ppezidentining “Respublikada davlat nazopati tizimini takomillashtipishga oid baʼzi tadbiplap toʻgʻpisida” 1994-yil 16 fevpaldagi fapmonini bajapish boʻyicha chopa-tadbiplap haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada iqtisodiy islohotni amalga oshirish masalalariga doir qarorlarning bajarilishini nazorat qiluvchi jamoat komissiyalarini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 2-noyabrdagi Farmonini bajarish, iqtisodiy islohotni amalga oshirishni nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat nazorati qoʻmitasi va uning joylardagi organlari xodimlarining soni 17 kishiga, shu jumladan, qoʻmita raisining oʻrinbosari lavozimi qoʻshilgan holda markaziy apparat 3 kishiga koʻpaytirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat nazorati organlarining yuqorida koʻrsatilgan xodimlar soni uchun yetarli miqdorda Respublika budjetidan mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
2. “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi Davlat nazorati qoʻmitasiga qoʻshimcha hisoblash va koʻpaytirish texnikalari hamda moddiy-texnika resurslari ajratilishini nazarda tutsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tashkil etilgan jamoat komissiyalarini telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Davlat nazorati idoralariga komissiyalar ishini tashkil qilishda, ularni mebel, tegishli jihozlar bilan taʼminlashda koʻmaklashsinlar.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli majmuilari rahbarlariga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 5-mart,
125-son