22.07.2022 yildagi 399-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ichki ishlar organlarining patrul-post xizmati faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Xodimlar tomonidan jamoat joylarida fuqarolar shaxsini elektron texnik vositalar, shu jumladan planshetlar orqali aniqlash O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va boshqa qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, ushbu Nizom hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
7. “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, xodimga biriktirilgan planshet orqali ma’lum bo‘lgan shaxsga doir ma’lumotlar oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 524-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)