Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni oliy harbiy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 28-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2901-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 6-iyundagi 16-son, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2023-yil 31-maydagi 8-2023/qq-son, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 1-iyundagi 24-sonli “Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni oliy harbiy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2901-2, 20.06.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi va 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligining 2017-yil 23-iyundagi 19, 17-Q/Q, 90-son qarori (roʻyxat raqami 2901, 2017-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 743-modda) bilan tasdiqlangan Harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni oliy harbiy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Oliy harbiy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari va oʻqituvchilari lavozimlariga tanlovda ishtirok etish xohishini bildirgan pensionerlar taʼlim muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi lozim:
ariza;
pensiya guvohnomasi nusxasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi harbiy xizmatchining guvohnomasi;
belgilangan shaklda toʻldirilgan soʻrovnoma;
tarjimai hol;
tegishli ilmiy darajasi haqidagi diplomning nusxasi (mavjud boʻlsa);
tegishli ilmiy unvoni haqidagi attestatning nusxasi (mavjud boʻlsa);
ilmiy ishlar roʻyxati (mavjud boʻlsa);
ilmiy ishlar hamda ixtirolarga tegishli hujjatlar va boshqa mualliflik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi (mavjud boʻlsa).”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2022-yil 10-fevral,
3-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-fevral,
2-2022-Q/Q-son
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2022-yil 8-fevral,
2-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2022-y., 10/22/2901-1/0165-son)