Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2022 09.10.2021 yildagi 632-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.06.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining idoraviy mansubligidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-iyundagi 334-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining idoraviy mansubligidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini tugatish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali taʼlim-tarbiya berish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona koʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat bojxona qoʻmitasi), Maktabgacha taʼlim vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qurilgan, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani “Toʻpchoq” QFY, Jayraxona qishlogʻi hududida joylashgan 200 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkilotini (keyingi oʻrinlarda — maktabgacha taʼlim tashkiloti), istisno tariqasida, Davlat bojxona qoʻmitasining idoraviy mansubligida qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tizimiga kiritish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Davlat bojxona koʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari, maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan toʻlovlar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar bilan bogʻliq xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan hamda maktabgacha taʼlim tashkilotini saqlab turish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat bojxona qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotiga bolalarni qabul qilish kvotasini tasdiqlash va unga oʻzgartirishlar kiritish maktabgacha taʼlim tashkiloti joylashgan hududning ehtiyojidan kelib chiqib, Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari, pedashglari toʻgʻrisidagi va taʼlim-tarbiya jarayoniga doir maʼlumotlar Maktabgacha taʼlimni boshqarishning axborot tizimiga maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari tomonidan kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat bojxona qoʻmitasiga Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablaglari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotining asoslantirilgan hisob-kitoblariga asosan qonunchilik hujjatlarida belgilangan qoʻshimcha haq va toʻlovlardan qatʼi nazar, maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlariga lavozim maoshining besh baravarigacha oylik ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar belgilash va moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotiga qoʻshimcha jalb etilgan mutaxassis va yollanma ishchilarga shartnoma asosida haq toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotini kapital va joriy taʼmirlash, shuningdek, moddiy-texnik taʼminlashni amalga oshirish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat bojxona qoʻmitasi bir oy muddatda maktabgacha taʼlim tashkilotining ustavi tasdiqlanishini, shuningdek, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat bojxona qoʻmitasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda maktabgacha taʼlim tashkilotini kadrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 9-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
632-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 09/21/632/0945-son)