[
OKOZ:
1.
01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.10.00 Ijtimoiy jamg‘armalar]
[
TSZ:
1.
Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamg‘armalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON FAXRIYLARINI IJTIMOIY QO‘LLAB-QUVVATLASh “NURONIY” JAMG‘ARMASI FAOLIYATIGA KO‘MAKLAShISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-fevraldagi 90-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4906-son Farmoni)”gi
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi to‘g‘risida” 1996-yil 4-dekabrdagi
Farmonini
bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi tashkil etilishi ma’qullansin.
Jamg‘arma Ustavi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va keng jamoatchilik ko‘rsatib o‘tilgan Jamg‘arma tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlashi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Jamg‘armaning tashkiliy tuzilmasi hamda Jamg‘arma boshqaruvi kengashi apparati xodimlarining cheklangan soni
1
va
2-ilovalarga
muvofiq bo‘lishiga rozilik berilsin.
3. Jamg‘arma tugatilgan O‘zbekiston Respublikasi faxriylar tashkilotlari uyushmasi, “O‘zfaxriy” urush va mehnat faxriylari korxonalari respublika uyushmasining ilgari qabul qilingan majburiyatlari, tuzilgan shartnomalari, kontraktlar va ularga tegishli mol-mulk hamda pul mablag‘lari bo‘yicha ularning huquqiy vorisi hisoblanishi e’tiborga olinsin.
4. Bir qancha vazirliklar, idoralar, xo‘jalik organlari va jamoat tashkilotlari Jamg‘armaga muassis bo‘lganligi hamda unga moliyaviy va moddiy-texnik yordam ko‘rsatayotganligi ma’qullansin (
3-ilova
).
O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasiga respublika budjetidan 30 mln. so‘m ajratilsin.
5. Jamg‘armaga, uning joylardagi bo‘limlariga Jamg‘arma Ustavida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga qat’iy muvofiq holda ishlab chiqarish-xo‘jalik, tadbirkorlik, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi berilsin.
6 . O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Jamg‘armani tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazsinlar hamda milliy va xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun Jamg‘armaning tegishli schyotlarini ochsinlar.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joylarda Jamg‘armaning bo‘limlarini tashkil etishga amaliy yordam ko‘rsatsinlar, ularni joy va zarur moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlasinlar.
Toshkent shahar hokimligi Jamg‘armani “Pravda Vostoka” ko‘chasidagi 16-uyga joylashtirish masalasini hal qilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Jamg‘arma boshqaruvi kengashi shahar va hukumat telefon aloqasi bilan ta’minlasin, “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi belgilangan tartibda xizmat avtotransporti ajratsin.
9. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi va ommaviy axborot vositalariga Jamg‘arma faoliyatini muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 31-dekabr,
473-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
31-dekabrdagi 473-son
qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi
TU3ILMASI
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
31-dekabrdagi 473-son
qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi boshqaruvi kengashi apparati xodimlarining (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) soni
Jamg‘arma boshqaruvi kengashi raisi
— 1
Jamg‘armaning Bosh direktori
— 1
Jamg‘arma boshqaruvi kengashi raisining o‘rinbosari (ulardan bittasi jamoatchilik asosida)
— 2
Bo‘lim mudirlari
— 3
Moliya-xo‘jalik boshqarmasi boshlig‘i
— 1
Maslahatchilar
— 3
Referentlar
— 3
Buxgalter
— 1
Jami:
— 14
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
31-dekabrdagi 473-son
qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi muassislarining
RO‘YXATI
1. Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi
2. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
3. O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi
4. O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi
5. Respublika mehr-shafqat va salomatlik jamg‘armasi
6. Qizil Yarim Oy jamiyati
7. O‘zbekiston Respublikasi mudofaaga yordam beruvchi “Vatanparvar” tashkiloti
8. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi
9. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
11. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
12. “O‘zbekneftgaz” milliy korporatsiyasi
13. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi
14. "O‘zbekyengilsanoat" davlat uyushmasi
15. “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni
16. “Ko‘mir” aksionerlik birlashmasi
17. Xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash fondi — “Biznes-Fond”
O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublika, Toshkent shahar, viloyatlar bo‘limlarining
TUZILMASI
Eslatma:
Jamg‘armaning tuman, shahar bo‘limlariga rais (jamoatchilik asosida) va ijro etuvchi direktor boshchilik qiladi. Maslahatchi shtati ajratilishi mo‘ljallanmoqda. Jamoatchilik markazlari yashash va ish joylarida tashkil etiladi va, odatda, jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatadi.