Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
banki Boshqaruvi tomonidan
“TASDIQLANGAN”
1997-yil 22-avgust, 358-son
Bayonnoma № 27/15
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMIDA QIMMATBAHO METALLAR VA QIMMATBAHO TOShLAR BILAN AMALGA OShIRILADIGAN OPERATSIYALAR VA ULARNING HISOBINI YURITISh
tartibi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 11-noyabrda 528-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2002-yil 8-apreldagi 46-mh-son buyrugʻiga muvofiq davlat reyestridan chiqarilgan.
Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 40 va 42-moddalari, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasiga va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga asosan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar hisobini yuritish qoidalarini va uning oʻziga xos xususiyatlarini belgilaydi.
1. Umumiy qoidalar
1.1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Bankning (OʻRMB) ixtiyoridagi va OʻRMBga boshqarish yoki saqlash uchun berilgan qimmatbaho metallar hisobi quyidagi balans hisob-raqamlarda olib boriladi:
10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin
10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin
10211 Boshqa qimmatbaho metallar (qimmatbaho metallar typi boʻyicha alohida shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi)
10299 Oltin va boshqa qimmatbaho metallar hisob raqamlari boʻyicha zararlarni qoplash zaxirasi
10401 Norezident banklardagi vakillik hisob raqami — Nostro (Markaziy bankda)
10407 Norezident banklardagi boshqa depozitlar
10501 Rezident banklardagi chet el valyutalaridagi vakillik hisob raqami — Nostro (Tijorat bankida)
10507 Rezident banklardagi chet el valyutalaridagi boshqa depozitlar va berilgan ssudalar
45605 Qimmatbaho metallar boʻyicha tijorat operatsiyalardan olingan foyda
55606 Qimmatbaho metallar boʻyicha tijorat operatsiyalardan koʻrilgan zarar
30906 Devalvatsiya uchun yaratilgan zaxira
2. Qimmatbaho metallarni sotib olish boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalar
2.1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va vakolatli banklar qimmatbaho metallarni bevosita ishlab chiqaruvchi korxonalar va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi qoshidagi “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar” qoʻmitasi orqali xalqaro bozordagi joriy narxlarda Markaziy bankning toʻlov oʻtkazish kunidagi rasmiy kursi boʻyicha sotib olishlari mumkin.
2.2. Qimmatbaho metallarni sotib olish uchun Markaziy bank har oyning 5 sanasiga qadar qimmatbaho metallar qoʻmitasi hisob raqamiga joriy oyda sotib olinadigan qimmatbaho metallarning taxminiy hajmi, qimmatbaho metallarning oʻtgan oy davomidagi xalqaro bozoridagi oʻrtacha narxi va Markaziy bankning toʻlov kunidagi chet el valyutalariga oʻrnatilgan rasmiy kursidan kelib chiqqan holda, xizmat farmoyishiga asosan avans toʻlovini oʻtkazadi. Bunda quyidagicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
a) avans toʻlovlari oʻtkazib berilganda,
Debet — 19909 Boshqa debitorlik hisob raqami
Kredit — Qimmatbaho metallar qoʻmitasi hisob raqami
b) qimmatbaho metallar qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi uzil-kesil qabul qilish dalolatnomasiga va tayyorlangan xizmat farmoyishiga asosan qimmatbaho metallar kirim qilinganda,
Debet — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin
10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin
10211 Boshqa qimmatbaho metallar
Kredit — 19909 Boshqa debitorlik hisob raqami
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qimmatbaho metallarni qabul qilib olingandan keyin oldindan berilgan avans summasi va qabul qilib olingan qimmatbaho metallar qiymati oʻrtasida farq boʻlishi mumkin. Bu farq keyingi oy uchun avans summasi oʻtkazilayotganda muvofiqlashtiriladi.
3. Qimmatbaho metallarni sotish bilan bogʻliq operatsiyalar
3.1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va vakolatli banklar oltin zaxiralaridan samarali foydalanish uchun qimmatbaho metallarni xalqaro bozorda va ichki bozorlarda oʻrnatilgan tartibda sotishlari mumkin.
3.2. Xalqaro bozorda sotish uchun joʻnatilayotgan qimmatbaho metallarning qiymati — ularning sof ogʻirligi, oʻzaro bitimga asosan kelishilgan qimmatbaho metallarning bahosi va OʻRMB tomonidan belgilangan joriy valyuta rasmiy kursi asosida aniqlanadi.
3.3. Qimmatbaho metallapni xalqaro bozorda belgilangan fiksing bahosida sotganda,
a) Qimmatbaho metallarni xalqaro bozorda sotish uchun joʻnatilganda,
soʻmda
Debet — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin (yoʻlda)
10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin (yoʻlda)
10211 Boshqa qimmatbaho metallar(yoʻlda)
10901 Qimmatbaho metallar (yoʻlda) tijorat bankida
Kredit — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin
10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin
10211 Boshqa qimmatbaho metallar
10901 Qimmatbaho metallar (tijorat bankida)
b) Qimmatbaho metallarni sotishdan kelib tushgan xorijiy valyutalarni kirim qilganda,
valyutada
Debet — 10401 Norezident banklardagi vakillik hisob raqami — Nostro (Markaziy bankda)
Debet — 10501 Rezident banklardagi chet el valyutalaridagi vakillik hisob raqami — Nostro (tijorat bankida)
Kredit — 17101 Valyutalarning spot kursi boʻyicha savdosi
soʻmda
Debet — 17101 Valyutalarning spot kursi boʻyicha savdosi
Kredit — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin (yoʻlda)
10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin (yoʻlda)
10211 Boshqa qimmatbaho metallar (yoʻlda)
10901 Qimmatbaho metallar (yoʻlda) tijorat bankida
3.4. Qimmatbaho metallarni xalqaro bozorda belgilangan fiksing bahosidan yuqori bahoda sotganda,
a) qimmatbaho metallarni xalqaro bozorda sotish uchun joʻnatilganda,
soʻmda
Debet — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin (yoʻlda)
10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin (yoʻlda)
10211 Boshqa qimmatbaho metallar (yoʻlda)
10901 Qimmatbaho metallar(yoʻlda) tijorat bankida
Kredit — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin
10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin
10211 Boshqa qimmatbaho metallar
10901 Qimmatbaho metallar (tijorat bankida)
b) Qimmatbaho metallarni sotishdan kelib tushgan xorijiy valyutalarni kirim qilganda,
valyutada
Debet — 10401 Norezident banklardagi vakillik hisob paqami — Nostro (Markaziy bankda)
Debet — 10501 Rezident banklardagi chet el valyutalaridagi vakillik hisob raqami — Nostro (tijorat bankida)
Kredit — 17101 Valyutalarning spot kursi boʻyicha savdosi
soʻmda
Debet — 17101 Valyutalarning spot kursi boʻyicha savdosi
Kredit — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin (yoʻlda)
10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin (yoʻlda)
10211 Boshqa qimmatbaho metallar (yoʻlda)
10901 Qimmatbaho metallar (yoʻlda) tijorat bankida
Kredit — 45605 Qimmatbaho metallar boʻyicha tijorat operatsiyalardan olingan foyda
3.5. Qimmatbaho metallarni xalqaro bozorda belgilangan fiksing bahosidan past bahoda sotganda,
a) qimmatbaho metallarni xalqaro bozorda sotish uchun joʻnatilganda,
soʻmda
Debet — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin (yoʻlda)
10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin (yoʻlda)
10211 Boshqa qimmatbaho metallar (yoʻlda)
10901 Qimmatbaho metallar (yoʻlda) tijorat bankida
Kredit — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin
10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin
10211 Boshqa qimmatbaho metallar
10901 Qimmatbaho metallar (tijorat bankida)
b) Qimmatbaho metallarni sotishdan kelib tushgan xorijiy valyutalarni kirim qilganda,
valyutada
Debet — 10401 Hopezident banklardagi vakillik hisob raqami — Nostro (Markaziy bankda)
Debet — 10501 Rezident banklardagi chet el valyutalaridagi vakillik hisob raqami — Nostro (tijorat bankida)
Kredit — 17101 Valyutalarning spot kursi boʻyicha savdosi
soʻmda
Debet — 17101 Valyutalarning spot kursi boʻyicha savdosi
Debet — 55606 Qimmatbaho metallar boʻyicha tijorat operatsiyalardan koʻrilgan zarar
Kredit — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin (yoʻlda)
10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin (yoʻlda)
10211 Boshqa qimmatbaho metallar (yoʻlda)
10901 Qimmatbaho metallar (yoʻlda) tijorat bankida
3.6. Agar qimmatbaho metallar ichki bozorda sotilganda, oʻzaro kelishuvga asosan xalqaro bozor narxida va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oʻrnatilgan chet el valyutasining shu kundagi rasmiy kursi ekvivalenti boʻyicha qimmatbaho metallarni sotib olayotgan mijoz mablagʻni bank hisob raqamiga koʻchiradi. Buning uchun bankda 29896 “Boshqa majburiyatlar” hisob raqamida alohida shaxsiy hisobvaraq ochiladi.
Debet — Mijozning hisob raqami
Kredit — 29896 Boshqa majburiyatlar (alohida hisobvaraq)
3.7. Mablagʻ kelib tushgandan keyin qimmatbaho metallar joʻnatiladi va tegishli xizmat farmoyishiga asosan quyidagi buxgalteriya yozuvi bajariladi.
Debet — 29896 Boshqa majburiyatlar (alohida hisobvaraq)
Kredit — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin
10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin
10211 Boshqa qimmatbaho metallar
10901 Qimmatbaho metallar (tijorat bankida)
3.8. Farmoyish shu masalalar bilan bogʻliq boʻlgan mutaxassislar tomonidan koʻrib chiqilgan va imzolangan boʻlishi lozim.
4. Qimmatbaho metallarni chet el banklarida depozitga joylashtirish boʻyicha amalga oshiriladigan amallar
4.1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va vakolatga ega boʻlgan banklar oltin zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida oltin zaxiralarining maʼlum bir qismini xalqaro bozor narxida chet el banklariga va respublikadagi banklarga depozitga joylashtirishi mumkin.
4.2. Depozitga qoʻyish uchun joʻnatilayotgan qimmatbaho metallarning qiymati — ularning sof ogʻirligi, oʻzaro bitimga asosan kelishilgan bahosi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan joriy valyuta rasmiy kursi asosida aniqlanadi.
a) chet el banklariga qimmatbaho metallarni depozitga joylashtirish uchun joʻnatilgan va oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan xizmat farmoyishiga asosan buxgalteriyada quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi,
Debet — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin (yoʻlda)
10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin (yoʻlda)
10211 Boshqa qimmatbaho metallar (yoʻlda)
10901 Qimmatbaho metallar (yoʻlda) (tijorat bankida)
Kredit —10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin
10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin
10211 Boshqa qimmatbaho metallar
10901 Qimmatbaho metallar (tijorat bankida)
b) Qimmatbaho metallarning depozitga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi tasdiqlovchi hujjatga va xizmat farmoyishiga asosan quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi,
valyutada
Debet — 10407 Norezident banklardagi boshqa depozitlar
Kredit — 17101 Valyutalarning spot kursi boʻyicha savdosi
soʻmda
Debet — 17101 Valyutalarning spot kursi boʻyicha savdosi
Kredit 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin (yoʻlda)
10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin (yoʻlda)
10211 Boshqa qimmatbaho metallar (yoʻlda)
10901 Qimmatbaho metallar (yoʻlda) (tijorat bankida)
v) Depozitga qoʻyilgan qimmatbaho metallar uchun tuzilgan shartnomaga asosan foiz summasi hisoblanganda,
valyutada
Debet — 10409 Norezident banklardagi chet el valyutalaridagi hisob raqamlari boʻyicha hisoblangan foizlar
Kredit — 17101 Valyutalarning spot kursi boʻyicha savdosi
soʻmda
Debet — 17101 Valyutalarning spot kursi boʻyicha savdosi
Kredit — 40301 Norezident banklardagi mablagʻlar boʻyicha foizli daromadlar
g) agarda qoʻyilgan depozit uchun foiz oltin hisobida toʻlansa quyidagicha buxgalteriya yozuvlari orqali amalga oshiriladi,
valyutada
Debet — 10407 Norezident banklardagi boshqa depozitlar
Kredit — 17101 Valyutalarning spot kursi boʻyicha savdosi
soʻmda
Debet — 17101 Valyutalarning spot kursi boʻyicha savdosi
Kredit — 40301 Norezident banklardagi mablagʻlar boʻyicha foizli daromadlar
d) Depozitga qoʻyilgan qimmatbaho metallar uchun hisoblangan foiz summasi chet el banklari tomonidan toʻlab berilganda,
Debet — 10401 Norezident banklardagi vakillik hisob raqami — Nostro (Markaziy bankda)
Kredit — 10409 Norezident banklardagi chet el valyutalaridagi hisob raqamlari boʻyicha hisoblangan foizlar
e) Har oyning oxirida chet el valyutalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan rasmiy valyuta kursi oʻzgarishi munosabati bilan qayta baholanadi va hosil boʻladigan farq summaga quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi,
agar farq summa ijobiy boʻlsa,
Debet — 17101 Valyutalarning spot kursi boʻyicha savdosi
Kredit — 45401 Spot bitimlari boʻyicha chet el valyutasidagi foyda (tijorat bankida)
Kredit — 30906 Devalvatsiya uchun yaratilgan zaxira (Markaziy bankda)
agar farq summa salbiy boʻlsa,
Debet — 30906 Devalvatsiya uchun yaratilgan zaxira (Markaziy bankda)
Debet — 55302 Spot bitimlari boʻyicha chet el valyutasidagi zararlar (tijorat bankida)
Kredit — 17101 Valyutalarning spot kursi boʻyicha savdosi
4.3. Qimmatbaho metallarni rezident boʻlgan tijorat banklarida depozitga joylashtirish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalar oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan xizmat farmoyishiga asosan quyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali amalga oshiriladi:
Debet — 10507 Rezident banklardagi chet el valyutalaridagi boshqa depozitlar va berilgan ssudalar
Kredit — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin
10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin
10211 Boshqa qimmatbaho metallar
10901 Qimmatbaho metallar (tijorat bankida)
4.4. Tijorat banklarida depozitga olingan qimmatbaho metallarning hisobi oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan xizmat farmoyishiga asosan quyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali amalga oshiriladi,
Debet — 10901 Qimmatbaho metallar (tijorat bankida)
Kredit — 20896 Markaziy bankning boshqa hisob raqamlari
Chet el banklariga sotish, depozitga qoʻyish va boshqa maqsadlarda yuborilgan qimmatbaho metallar uchun transport, cygʻypta va boshqa xarajatlar amalga oshirilganda,
Debet — 55114 Oltin va boshqa qimmatbaho metallar boʻyicha vositachilik va boshqa xizmatlar uchun xarajatlar
56314 Transport vositalari xarajatlari
56710 Sugʻurta xarajatlari
Kredit — xizmat koʻrsatuvchi subyektlar hisob raqami
4.5. Chet el valyutasi va qimmatbaho metallarning barcha qoldiqlarini qayta baholash har oyning oxirgi ish kuniga boʻlgan Markaziy bankning rasmiy kursiga asosan hamda London qimmatbaho metallar bozoridagi oyning oxirgi ish kunining birinchi yarmidagi “fiksing” narxiga asosan har oyning oxirida amalga oshiriladi.
a) qimmatbaho metallarning narxi oshganda quyidagi oʻtkazmalar amalga oshiriladi,
Debet — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin
10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin
10211 Boshqa qimmatbaho metallar
Kredit — 30906 Devalvatsiya uchun yaratilgan zaxira (Markaziy banki)
Kredit — 45605 Qimmatbaho metallar boʻyicha tijorat operatsiyalardan olingan foyda (tijorat bankida)
b) qimmatbaho metallarning narxi tushganda quyidagi oʻtkazmalar amalga oshiriladi,
Debet — 30906 Devalvatsiya uchun yaratilgan zaxira (Markaziy banki)
Debet — 55606 Qimmatbaho metallar boʻyicha tijorat operatsiyalardan koʻrilgan zarar (tijorat bankida)
Kredit — 10203 Xalqaro andozaga mos keladigan oltin
10207 Xalqaro andozaga mos kelmaydigan oltin
10211 Boshqa qimmatbaho metallar
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisi oʻrinbosari M.R. JUMAGALDIYEV