“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
banki Boshqaruvi 1997-yil 22-avgust, 360-son
Bayonnoma № 27/13
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
banki Boshqaruvi 1997-yil 22-avgust, 360-son
Bayonnoma № 27/13
TIJORAT BANKLARDA YuBILEY SANALARGA BAGʻIShLANIB ZARB QILINGAN TANGALARNI SOTIB OLISh VA ULARNING HISOBINI YURITISh
tartibi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 11-noyabrda 527-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur tartib Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 9-martdagi 8/2-sonli “Tijorat banklarda yubiley sanalarga bagʻishlanib zarb qilingan tangalarni sotib olish va ularning hisobini yuritish tartibini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 527-1, 16.03.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 40 va 42-moddalari, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasiga, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasiga asosan zarb qilingan oltin tangalarning hisobini tijorat banklarida yuritish tartibini belgilab beradi.
2. Tijorat banklari tangalarni sotib olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki hisobvaragʻiga 10 foizlik garov puli oʻtkazib berganda quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.
a) agar garov puli naqd chet el valyutasida toʻlansa,
Debet — 19909 Boshqa debitorlik hisob raqamlari
Kredit — 10101 Kassadagi naqd pul
b) agar garov pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilsa,
Debet — 19909 Boshqa debitorlik hisob raqamlari
Kredit — 10501 Boshqa banklardagi vakillik hisob raqami — Nostro
3. Tangalarning qolgan qiymatini toʻliq oʻtkazib berganda,
a) agar oltin tangalarning toʻliq qiymatini naqd chet el valyutasida toʻlansa,
Debet — 19909 Boshqa debitorlik hisob raqamlari
Kredit — 10101 Kassadagi naqd pul
b) agar oltin tangalarning toʻliq qiymati pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilsa,
Debet — 19909 Boshqa debitorlik hisob raqamlari
Kredit — 10501 Boshqa banklardagi vakillik hisob raqami — Nostro
4. Sotib olingan tangalarni balansga kirim qilganda quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.
soʻmda
Debet — 10909 Qimmatbaho tangalar
Kredit — 17101 “Spot” sharoitida valyuta savdosi
valyutada
Debet — 17101 “Spot” sharoitida valyuta savdosi
Kredit — 19909 Boshqa debitorlik hisob raqamlari
5. Tijorat banklarida oʻz hisobvaraqlariga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tangalarni sotib olishlari mumkin va quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi.
Debet — 20200 Muddatsiz depozitlar
Kredit — 10501 Boshqa banklardagi vakillik hisob raqami — Nostro
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Raisining oʻrinbosari M. JUMAGALDIYEV