Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZDEUAVTO” AJ MAHSULOTLARINING NARXLARINI KELIShIB OLISh KOMISSIYASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 330-sonli ““Djeneral Motors Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar narxlarini shakllantirish, kelishish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“OʻzDEUavto” AJ ishlab chiqarayotgan mahsulotlar uchun ichki va tashqi bozorlardagi narxlarni tartibga solish va ularni asosli ravishda belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 5-avgustdagi 160-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
2. Komissiyaga ichki va tashqi bozorlarda sotiladigan “OʻzDEUavto” AJ mahsulotlarining narxlarini kelishib olish masʼuliyati yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda “Oʻzavtosanoat” uyushmasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda “OʻzDEUavto” AJ mahsulotlarining narxlarini kelishib olish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Komissiya:
muntazam ravishda isteʼmol bozori (respublika hududida va uning tashqarisida)ning konyunkturasini hamda “OʻzDEUavto” AJ mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarining oshishiga (kamayishiga) taʼsir qiluvchi omillarni, shu jumladan “DEU” avtomobillari detallari va butlovchilarini ishlab chiqaruvchi qoʻshma korxonalar tashkil etishning taʼsirini oʻrganib borsin;
Koreya Respublikasiga borib, korporatsiya tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar bozoridagi narxlarni shakllantirish va tartibga solish sohasidagi DEU korporatsiyasi tajribasini oʻrgansin;
avtomobillar ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan butlovchi buyumlar va materiallar uchun jahon narxlari surʼatlarini va ularning oʻzgarish tamoyillarini tahlil qilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 16-iyun,
298-son