Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“OʻZDEUBANK” KOREYA QOʻSHMA BANKINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 17-oktabrdagi 359-sonli “Oʻzdeubank” Oʻzbekiston—Koreya qoʻshma bankini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublika avtomobil va radioelektron sanoati korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash, milliy iqtisodiyotning bu sohalariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. DEU kompaniyasi, Koreyaning “Koram bank” banki, “OʻzDEU-elektroniks” qoʻshma korxonasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “OʻzDEUbank” Oʻzbekiston—Koreya qoʻshma bankini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “OʻzDEUbank”ning ustav sarmoyasi 20 mln AQSH dollariga teng summada, shu jumladan, Koreya tomoni ulushi 71 foiz va Oʻzbekiston tomoni ulushi 29 foiz miqdorida belgilangan.
3. Belgilab qoʻyilsinki, “OʻzDEUbank” Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov va Markaziy banki normativ hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
4. “OʻzDEUbank” muassislari bir oy muddatda bank ustav sarmoyasiga taʼsis badallarini toʻlash chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
5. “OʻzDEUbank” 1996-yilning 1-iyuligacha foydadan olinadigan soliqdan ozod qilinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va Toshkent shahar hokimiga bankni tashkil etish, joylashtirish, faoliyat koʻrsatish va malakali mutaxassislar bilan butlash masalalarini hal etishda amaliy yordam koʻrsatish tavsiya etilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchiligiga va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 27-iyun,
238-son