Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.09.1992 yildagi 452-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarori , 28.09.1992 yildagi 452-son
Kuchga kirish sanasi
28.09.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQARISIGA TOVAR-MODDIY BOYLIKLARNI OLIB KETISh QOIDALARINING JIDDIY BUZILAYOTGANLIGI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga tovar-moddiy boyliklarni olib ketishning belgilangan tartibini buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida” Qonunining, mazkur masala boʻyicha xomashyo, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xalq isteʼmoli mollarini olib ketishni tartibga soluvchi Hukumat qarorlarining qabul qilinishi bozor munosabatlariga oʻtish sharoitlarida Oʻzbekistonning ichki bozorini himoya qilishga ancha yordam berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, koʻrilayotgan choralar respublika tashqarisiga qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlarini gʻayriqonuniy olib chiqib ketishni kamaytirishga imkon bermadi. 1992-yil boshidan buyon belgilangan tartibni buzishlarning 10 mingdan ortiq hollari (umumiy miqdori 707 mln soʻm) aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga respublikaning eksport boyliklari boʻlgan paxta tolasi, momiq, pilla, jun va boshqa qishloq xoʻjaligi xomashyosini, rangli metallarni olib chiqib ketishda qoida buzish va suiisteʼmolliklar tez-tez uchrab turibdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatilgan davrda 214 mln soʻmlik paxtachilik mahsulotlarini gʻayriqonuniy olib ketishga urinish hollari aniqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Isteʼmol bozorida ana shunday keskin ahvol saqlanib turgan bir paytda Oʻzbekiston Respublikasi valyutaga xarid qilib olayotgan choy, qand-shakar, un kabi oziq-ovqat mahsulotlarini, xalq isteʼmoli mollarini, shuningdek, oʻsimlik va mol yogʻini, asalni, ehtiyoj katta boʻlgan tovarlarni, shu jumladan, qurilish materiallarini, metall konstruksiyalar va texnika asbob-uskunalarini respublika tashqarisiga olib ketishga urinishlarning koʻpdan koʻphollari mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni bir vaqtda Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, “Oʻzdavneftmahsulot” aksionerlik birlashmasi, “Oʻzdavmetallkonsern”, “Oʻzpaxtasanoat” respublika ishlab chiqarish birlashmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining respublika aholisini tovarlar bilan taʼminlashdagi keskin ahvoldan tashvishga tushayotganliklari sezilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzpaxtasanoat” respublika ishlab chiqarish birlashmasi (oʻrtoq Hakimov), Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi (oʻrtoq Jeltouxov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (oʻrtoq Shamshetov) va Andijon (oʻrtoq Olimov), Jizzax (oʻrtoq Ortiqmurodov), Samarqand (oʻrtoq Qilichev), Surxondaryo (oʻrtoq Xolboyev) viloyatlari hokimliklari tomonidan tovar-moddiy boyliklarni joʻnatish ustidan qattiq nazoratning yoʻqligini qayd etish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayrim vazirliklar, idoralar, konsernlar, mahalliy boshqaruv organlari hujjatlarni koʻpincha yetarli tekshirmasdan tovar-moddiy boyliklarni olib ketishga noqonuniy ruxsatnomalar beryaptilar, litsenziya berish huquqidan foydalanish ustidan nazoratni boʻsh amalga oshiryaptilar. Koʻpincha oʻz vakolatlariga kiruvchi u yoki bu mahsulotni olib ketishga ruxsatnoma uchun murojaat qiluvchilarni yuqori organlarga joʻnatib, ortiqcha sansalorliklarni vujudga keltirmoqdalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qoʻmitasining oʻz ishida ham kamchiliklar mavjud. Uning tomonidan vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan uzviy hamkorlik yoʻlga qoʻyilmagan. Uning shaxsiy tarkibida, kadrlar tanlash va ularni joy-joyiga qoʻyish boʻyicha ishlarni ancha yaxshilash talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona xizmatlari tomonidan musodara qilingan tovar-moddiy boyliklarni realizatsiya qilishning aniq tartibi va uning ustidan qattiq nazorat hanuzgacha taʼminlangan emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari ichki bozorni himoya qilish muammolarini, bu yoʻnalishda bojxona xizmatlari, huquq-tartibot va mahalliy boshqaruv organlarining kundalik faoliyatini sust yoritayaptilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Hukumat qarorlarining bajarilishi boʻyicha yetarlicha nazoratni taʼminlanmaganligi, respublika tashqarisiga tovar-moddiy boyliklarni olib ketishning belgilangan tartibiga qattiq rioya qilishni taʼminlovchi uzil-kesil choralarni koʻrmaganligi, bu ishda jiddiy nuqsonlarga yoʻl qoʻyganligi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Jizzax viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq K.N. Ortiqmurodovga qattiq hayfsan eʼlon qilinsin va u shunday hollarning qaytarilishiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda uning bundan keyin egallab turgan lavozimida qolish-qolmasligi masalasi koʻrib chiqilishi toʻgʻrisida ogohlantirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand shahar hokimining oʻrinbosari oʻrtoq F.N. Fiyosov qattiq ogohlantirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— Samarqand viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq T.R. Qilichevga, Andijon viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq M.A. Olimovga bu ishdagi kamchiliklari koʻrsatib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Davlat bojxona qoʻmitasining materiallari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq D.N. Shamshetovning tovar-moddiy boyliklarni respublikadan tashqariga olib chiqib ketish yuzasidan belgilangan tartibni taʼminlash ishida yoʻl qoʻygan kamchiliklar uchun shaxsan javobgarligi masalasini koʻrib chiqsin va tegishli qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzdavmetallkonsern” (oʻrtoq Maqsudov), “Oʻzpaxtasanoat” respublika ishlab chiqarish birlashmasi (oʻrtoq Hakimov), “Oʻzyengilsanoatsotish” (oʻrtoq Umarbekov), “Oʻzshartnomasavdo” (oʻrtoq Sharipov), “Oʻzbeksavdo” (oʻrtoq Usmonov) davlat uyushmalari, “Oʻzdavneftmahsulot” (oʻrtoq Husainov) aksionerlik birlashmasi, Oʻzbekbirlashuv (oʻrtoq Volkov), Oʻrta Osiyo temir yoʻl boshqarmasi (oʻrtoq Jeltouxov), “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi (oʻrtoq Rafiqov), Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil transporti vazirligi (oʻrtoq Axmetov) rahbarlari oʻz tasarruflaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning tovar-moddiy boyliklarni respublikadan tashqariga olib chiqib ketish yuzasidan belgilangan tartibga rioya qilishlari uchun shaxsan javobgar ekanliklari toʻgʻrisida ogohlantirilsin hamda ulardan xomashyo va mahsulotlarni gʻayriqonuniy olib chiqib ketishga koʻmaklashayotgan, shu maqsadlar uchun transport ajratishda suiistemolchilikka yoʻl qoʻyayotgan shaxslarga nisbatan eng qattiq jazo choralarini koʻrish talab qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— oʻz tasarruflaridagi korxonalarda va eng avvalo, kichik va qoʻshma korxonalarda, tashkilotlarda, muassasalarda tovar-moddiy boyliklarning respublikadan tashqariga olib chiqib ketilishi bilan bogʻliq ishlarning ahvolini chuqur tahlil qilsinlar, xomashyo va mahsulotlarni gʻayriqonuniy olib chiqib ketish hollariga yoʻl qoʻymaydigan puxta choralar koʻrsinlar, respublika Hukumati tomonidan belgilangan amaldagi tartibni taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— komissiyalarning tovar-moddiy boyliklarni olib chiqib ketish masalasi boʻyicha ishlarini faollashtirsinlar, ularning tarkibiga bojxona xizmati, huquqni himoya qilish organlari vakillarini kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— ishlarning ahvolini muntazam ravishda koʻrib borsinlar hamda xomashyo, mahsulotlarni respublikadan tashqariga olib chiqib ketish yuzasidan belgilangan tartibning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan qattiq choralar koʻrsinlar. Tovar-moddiy boyliklarning gʻayriqonuniy olib chiqib ketilishiga koʻmaklashayotgan, transportdan toʻgʻri foydalanishda tegishli nazoratni amalga oshirmayotgan tasarrufdagi korxonalar, tashkilotlar va xoʻjaliklarning rahbarlarini egallab turgan lavozimidan boʻshatishgacha jazo choralarini koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi Moliya vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Adliya vazirligi, boshqa vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga xomashyo va mahsulotlarni gʻayriqonuniy olib chiqib ketishning oldini olishni, musodara qilingan tovar-moddiy boyliklarning sotilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatishni, vazirliklar va idoralarning, mahalliy boshqaruv organlarining respublika ichki bozorini himoya qilish borasidagi ishlarini muvofiqlashtirib borishni, maʼmuriy va iqtisodiy choralar kompleksini nazarda tutuvchi takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— oʻz faoliyatini asosan xomashyo, qishloq xoʻjaligi va sanoat mahsulotlari respublikadan tashqariga gʻayriqonuniy olib ketilishining oldini olishga qaratsin. Olib ketilayotgan yuklarga deklaratsiya tuzishning va ularning olib chiqib ketilishi qonuniy ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishning, respublikadan tashqariga yuklarni olib ketuvchi avtotransport vositalari, harakatdagi temir yoʻl sostavi, aviatsiya va daryo kemalarini tekshirish boʻyicha ishlarning puxtaligini taʼminlasin, ushlangan yuklarning belgilangan tartibda saqlanishi va topshirilishini taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— mahsulotlarni tegishli ruxsatnomasiz olib chiqib ketishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida mehnat jamoalari oʻrtasida, yashash joylarida, ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini muntazam olib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— kadrlar bilan ishlashni, ularni tanlash va joy-joyiga qoʻyish ishlarini yaxshilasin, bojxona xizmati xodimlarining oʻz xizmat mavqelarini suiisteʼmol qilishlarini, vakolatlarini oshirib yuborishlarini istisno qiluvchi taʼsirchan chora-tadbirlar koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan oʻzaro mustahkam hamkorlikni faollashtirsin. Respublika tashqarisiga olib chiqib ketilayotgan tovar-moddiy boyliklarning har bir ushlab qolinish hollari haqida ularni shoshilinch ravishda xabardor qilsin, birgalikda koʻrib chiqsin va tegishli chora-tadbirlar qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Davlat teleradiokompaniyasiga, respublika gazetalari tahririyatlariga ichki bozorni himoya qilish muammolarini, tovar-moddiy boyliklarni respublikadan tashqariga gʻayriqonuniy olib chiqib ketish boʻyicha aniqlangan hollarga doir materiallarni koʻproq yoritish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat nazorati qoʻmitasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudidan ishlarni kuchaytirish hamda qonunlarga rioya qilinishi va respublika Hukumatining ichki isteʼmol bozorini himoya qilish haqidagi qarorlarining bajarilishi, tovar-moddiy boyliklarni gʻayriqonuniy olib chiqib ketish haqidagi ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha sudlarning faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish, gʻayriqonuniy olib chiqib ketishlarni aniqlash, bunga koʻmaklashuvchi shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha shoshilinch choralar koʻrish soʻralsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi majmuilarining rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1992-yil 28-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
452-son