OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANK BOShQARUVINING
Qarori
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN MARKAZIY BANKDA MAJBURIY ZAXIRALARNI DEPONENTLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 18-yanvarda 1444-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi 23/8-sonli “Tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga oʻtkaziladigan majburiy rezervlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2004, 09.09.2009-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunning 7 va 28-moddalariga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2004-yil makroiqtisodiy koʻrsatkichlarining asosiy parametrlari va ularning bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 15-dekabrdagi 547-sonli qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning yangi tahriri ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng 2005-yil 1-fevraldan amalga kiritilsin.
3. Mazkur qaror amalga kiritilgan kundan eʼtiboran Markaziy bank Boshqaruvining quyidagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
“Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2000-yil 25-martdagi 5/21-sonli qaror (2000-yil 20-aprel, roʻyxat raqami 921);
“Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2002-yil 14-sentabrdagi 21-A/1-sonli qaror (2002-yil 20-sentabr, roʻyxat raqami 921-1);
“Tijorat banklari tomonidan Markaziy bankda majburiy zaxiralarni deponentlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 27-noyabrdagi 25/2-sonli qaror.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2004-yil 31-dekabr,
28/5-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 3-4-son, 27-modda, 28-29-son, 217-modda, 37-38-son, 289-modda)