|
1. |
Ganiyev Elyar Majidovich |
— |
Transport vaziri |
|
2. |
Maxkamov Ilxam Rustamovich |
— |
Transport vazirining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchisi |
|
3. |
Dexkanov Davron Tulkunovich |
— |
Transport vaziri oʻrinbosari vazifasini bajaruvchisi |
|
4. |
Choriyev Jasurbek Ergashevich |
— |
Transport vazirining oʻrinbosari |
|
5. |
Mirzayev Akmal Anvarbekovich |
— |
Transport vazirining oʻrinbosari |
|
6. |
Abduvaliyev Abduraxmon Abdulxayevich |
— |
Transport vazirining oʻrinbosari — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchisi |
|
7. |
lavozimiga koʻra |
— |
Transport vazirining oʻrinbosari |
|
8. |
Uljayev Tolib Egamberdiyevich |
— |
Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi |
|
9. |
Axmedov Doniyor Baxtiyorovich |
— |
Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.05.2020 yildagi 341-son
Kuchga kirish sanasi
29.05.2020
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.2021
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 581-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 19-apreldagi 336-son qarori hamda “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hayʼatlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi hayʼati aʼzolari soni 9 (toʻqqiz) nafardan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining hayʼati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 11-iyundagi 482-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-may,
341-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/341/0685-son)