Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“Advokatlarning kasbiy malakasini oshirishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyruqning 2-bandiga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 30-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2012-3]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 19-dekabrdagi 279-mh-sonli ““Advokatlarning kasbiy malakasini oshirishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2012-4, 21.12.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 6-oktabrdagi 221-mh-son “Advokatlarning kasbiy malakasini oshirishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyrugʻining (roʻyxat raqami 2012, 2009-yil 6-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 444-modda) 2-bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi hamda Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr,
438-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi A. ERNAZAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-sentabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 10/19/2012-3/3844-son)