Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-iyuldagi 409-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati aʼzolarining tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati aʼzolarining soni 9 (toʻqqiz) kishidan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hayʼati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
|
1. |
Davletov Ruslanbek Kuroltayevich |
— |
vazir |
|
2. |
lavozimiga koʻra |
— |
vazirning birinchi oʻrinbosari |
|
3. |
Meliyev Xudayor Xurramovich |
— |
vazir oʻrinbosari |
|
4. |
Tashkulov Akbar Djurabayevich |
— |
vazir oʻrinbosari |
|
5. |
Kanyazov Esemurat Sultamuratovich |
— |
vazir oʻrinbosari — Toshkent davlat yuridik universiteti rektori |
|
6. |
lavozimiga koʻra |
— |
vazir oʻrinbosari — Intellektual mulk agentligi direktori |
|
7. |
Turaxujayev Xalilillo Sobirjonovich |
— |
Davlat xizmatlari agentligi direktori |
|
8. |
Karimov Alisher Nishanovich |
— |
Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻi |
|
9. |
Nazarov Oʻtkir Erkinovich |
— |
Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshligʻi |
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 4-iyundagi 421-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-avgust,
662-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2019-y., 09/19/662/3537-son)