Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hayʼat aʼzolarining soni va yangilangan tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 487-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hayʼati aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga oid tashkiliy choralar toʻgʻrisida”gi 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-son qaroriga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari hayʼatlarining faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi hayʼati aʼzolarining soni 9 (toʻqqiz) kishidan iborat boʻlishi belgilab qoʻyilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi hayʼati quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
|
1. |
Kamilov Abdulaziz Xafizovich |
— |
vazir |
|
2. |
Neʼmatov Ilxomjon Tuychiyevich |
— |
vazirning birinchi oʻrinbosari |
|
3. |
Axatov Dilshod Xamidovich |
— |
vazir oʻrinbosari |
|
4. |
Lavozimi boʻyicha |
— |
vazir oʻrinbosari |
|
5. |
Xidayxodjayev Jaxongir Isamutdinovich |
— |
vazir maslahatchisi — ijro etuvchi apparat rahbari |
|
6. |
Abduvaxitov Abdujabar Abdusattarovich |
— |
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori |
|
7. |
Xodjayev Ashraf Baxodirovich |
— |
Tashqi iqtisod�y hamkorlik bosh boshqarmasi boshligʻi |
|
8. |
Azizov Bobur Baxtiyorovich |
— |
Konsullik-huquqiy departament boshligʻi |
|
9. |
Sagdullayev Djaxangir Malikovich |
— |
Kadrlar boshqarmasi boshligʻi |
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi hayʼat aʼzolarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 2010-yil 12-avgustdagi 176-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi tashki ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-iyun,
477-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2019-y., 09/19/477/3265-son)