01.10.2018 yildagi -son
 LexUZ sharhi
2. Mazkur Bitimdagi biror qoida 1961-yil 18-apreldagi Diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasi va 1963-yil 24-apreldagi Konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasida bayon qilingan huquq va majburiyatlarga daxl qiladigan tarzda talqin qilinmasligi lozim.
3. Mazkur moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan shartlar diplomatik vakolatxonalar yoki konsullik muassasalari xodimining yoki xalqaro tashkilotdagi vakilning turmush o‘rtog‘i, farzandlari va qaramog‘ida bo‘lgan ota-onalariga ham tatbiq qilinadi.
3. Tomonlar bir-birlarini mazkur moddaning 2-bandida ko‘rsatilgan choralar ko‘rilishi to‘g‘risida 72 soatdan kechiktirmasdan diplomatik kanallar orqali xabardor qiladilar.
Mazkur Bitimga Tomonlarning o‘zaro roziligi bilan uning ajralmas qismi hisoblanadigan hamda mazkur Bitimning 9-moddasida ko‘rsatilgan tartibda kuchga kiradigan alohida bayonnomalar orqali o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.