29.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1654-2
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i, 29.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1654-2
Kuchga kirish sanasi
31.12.2018
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2007-yil 12-yanvardagi 2/1, 2-son “Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi (ro‘yxat raqami 1654, 2007-yil 15-yanvar) va 2016-yil 28-dekabrdagi 6, 43-son “Sudga kelishdan bosh tortgan shaxslarni majburiy keltirish bo‘yicha sud topshiriqlarini ijro etish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 12-bandiga o‘zgartish kiritish haqida”gi (ro‘yxat raqami 1654-1, 2017-yil 5-yanvar) qarorlarini Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish masalasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 28-dekabrdagi 33/01-01/3702-son xati ma’lumot uchun qabul qilinsin.