O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2005—2007-yillarda fermer xo‘jaliklarini jadal rivojlantirishga qaratilgan takliflar tayyorlash bo‘yicha maxsus komissiya tuzish to‘g‘risida” 2004-yil 4-noyabrdagi F-2069-son Farmoyishini bajarish yuzasidan hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish va yuritishning asosiy shakli sifatida fermer xo‘jaliklarini jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Maxsus komissiya tomonidan ishlab chiqilgan:
Zarar ko‘rib ishlaydigan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklarini 2005—2007-yillarda fermer xo‘jaliklariga aylantirish dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
2005-yilda fermer xo‘jaliklariga aylantiriladigan zarar ko‘rib ishlaydigan va istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklari ro‘yxati 2-ilovaga* muvofiq;
2005—2007-yillar davrida qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish dasturi 3-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
2005-yilda fermer xo‘jaliklariga aylantiriladigan zarar ko‘rib ishlaydigan va istiqbolsiz shirkat xo‘jaliklari ro‘yxati joylardan tushgan takliflarga ko‘ra ular sonini ko‘paytirish tomoniga o‘zgartirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
g‘oliblarni aniqlashda xolislikni ta’minlashni, talabgorlar o‘rtasida ochiq va oshkora tanlovlar o‘tkazishni nazarda tutgan holda 2-ilovaga muvofiq shirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlarini amalga oshirsinlar;
mayda paxtachilik va g‘allachilik fermer xo‘jaliklarining yer maydonlarini belgilangan tartibda maqbullashtirish va yiriklashtirish, ularda suv resurslaridan samarali foydalanish, mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
4. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev):
ikki hafta muddatda 2005-yilda qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlari 3-ilovaga qat’iy muvofiq ravishda joylashtirilishini belgilasin hamda ularning tashkil etilishi ustidan nazoratni ta’minlasin;
2005-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda zarar ko‘rib ishlaydigan va istiqbolsiz ixtisoslashtirilgan chorvachilik, qorako‘lchilik va meva-sabzavotchilik shirkat xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish konsepsiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2005-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2006-yilda fermer xo‘jaliklariga aylantiriladigan qishloq xo‘jaligi korxonalari ro‘yxatini tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. “O‘zdonmahsulot” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan shirkat xo‘jaliklari bilan ilgari tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga mutanosib hajmda davlat ehtiyojlari uchun 2005-yil hosilidan boshoqli ekinlar donini xarid qilishga yangidan tashkil etilgan fermer xo‘jaliklari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzish ishlarini tashkil etsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2005-yilda 2-ilovaga muvofiq qishloq xo‘jaligi korxonalarini qayta tashkil etish natijasida bo‘shab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qishloq xo‘jaligi korxonalari fermer xo‘jaliklariga aylantirilishi, fermerlarga yer uchastkalari berishda qonuniylikka rioya etilishi va talabgorlar o‘rtasida tanlovlar o‘tkazilishining xolisonaligi, shuningdek fermer xo‘jaliklari tomonidan shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishi ustidan doimiy monitoring o‘rnatsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi hamda Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko‘rsatishi mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
uch oy muddatda fermer xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni to‘plam shaklida nashr etsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda xorijiy investitsiyalarni, shu jumladan fermer xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bozor infratuzilmasini rivojlantirishga, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berishni ko‘paytirishga va yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan imtiyozli kreditlarni jalb etish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
13. O‘zbekiston Teleradio kompaniyasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ularning faoliyati, qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini tashkil etish va rivojlantirish masalalarini yoritish bo‘yicha televideniye va ommaviy axborot vositalarida maxsus ko‘rsatuvlar va ruknlar tashkil etsinlar.
14. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 1-son, 2-modda):
a) Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiya to‘g‘risidagi namunaviy nizomda:
ikkinchi xatboshidagi “hokimining birinchi o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i” so‘zlari “hokim o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “yer resurslari tuman xizmati” so‘zlari “tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi negizida fermer xo‘jaligi barpo etish uchun talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini o‘tkazish tartibida:
2.3-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo‘mitasining tuman xizmatlari” so‘zlari “tumanlar yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5.3-banddagi “Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirishda mazkur Tartibga 2-ilovaga binoan shakl bo‘yicha ijara shartnomasi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berishning namunaviy shartnomasiga” so‘zlari “Fermer xo‘jaligi tomonidan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olishning namunaviy shartnomasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2. Vazirlar Mahkamasining “2004—2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 10-son, 105-modda):
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-iyundagi 278-son qarori bilan tashkil etilgan Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan qabul qilingan hujjatlar amalga oshirilishining monitoringi bo‘yicha Hukumat komissiyasiga” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish respublika komissiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Hukumat komissiyasi (R.S. Azimov) so‘zlari Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-band “tanlov asosida” so‘zlaridan keyin va “ijara shartnomasiga ko‘ra” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“3. Fermer xo‘jaligi davlat majburiyatlari yuzasidan, davlat esa fermer xo‘jaligi majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Fermer xo‘jaligi o‘z majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlash, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida haq to‘lash yuzasidan majburiyatlari bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki bilan javob beradi.
Fermer xo‘jaligi rahbari fermer xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha fermer xo‘jaligining mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq o‘ziga tegishli mol-mulki bilan subsidiar javob beradi”;
Fermer xo‘jaligining ustavida qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa qoidalar ham ko‘rsatilishi mumkin”;
“kreditlar olish uchun o‘z mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yish”;
ikkinchi xatboshidagi “ijara shartnomasida belgilangan maqsad va shartlarda” so‘zlari “qonun hujjatlarida va ijara shartnomasida belgilangan shartlarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlash”;
“qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilinishini ta’minlash”;
“Ustavda fermer xo‘jaligining pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk yoki pul bahosidagi mulkiy huquqlardan hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan ustav fondi miqdori ko‘rsatiladi”;
“Fermer xo‘jaligining ustav fondini ko‘paytirish yoki kamaytirish fermer xo‘jaligi rahbarining qaroriga ko‘ra fermer xo‘jaligi ustaviga o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi”;
19-band birinchi xatboshining ikkinchi jumlasi “qonun hujjatlariga” so‘zlaridan keyin “yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasiga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin”;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)