Guliston shahar mahalliy budjetining 2018-yilgi asosiy istiqbolli ko‘rsatkichlarini muhokama qilib, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 24, 25-moddalariga binoan Xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
2. Shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari U. Kamolov, shahar Davlat soliq inspeksiyasi (N. Shaydullayev) hamda shahar moliya bo‘limi (B. Xatamov) hududlarni kompleks rivojlantirish, jumladan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmog‘ini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish orqali mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini oshirish yuzasidan aniq, manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash vazifasi yuklatilsin.
3. Shahar hokimligi asosiy e’tiborni, birinchi darajali xarajatlar — ish haqi, ijtimoiy nafaqa va stipendiyalarni to‘liq moliyalashtirilishiga va o‘z vaqtida to‘lanishiga qaratib, ushbu masalalarga shahar Kengashi deputatlari, jamoatchilikni keng jalb etishni ta’minlasinlar.
4. 2018-yil budjetida ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari yetakchi o‘rinni egallab, ushbu sohalarga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish choralari ko‘rilsin.
5. Shahar moliya bo‘limi (B. Xatamov), shahar g‘aznachilik bo‘limi (T. Ummatqulov) budjet mablag‘larining maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.