LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1017-sonli “Ommaviy axborot va kommunikatsiyalar sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
LexUZ sharhi
Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan matbaa korxonasi ishlab chiqarish binosining sanitariya talablariga muvofiqligi to‘g‘risida dalolatnoma, matbaa korxonasi ishlab chiqarish binosining yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida dalolatnoma, texnik (qurilmalar) vositalar va yong‘indan muhofaza qilish signalizatsiyalari bilan ta’minlash, matbaa korxonasi ishlab chiqarish binosining ekologiya talablariga muvofiqligi to‘g‘risida dalolatnomalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2002-yil 3-iyuldagi 241-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida matbaa faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida” 1998-yil 2-fevraldagi 52-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish tartibini belgilab beradi.
2. Matbaa faoliyati deb, barcha turdagi bosma nashrlarning bosma shakllarini yasash maqsadida ular matnini terish, bosma shakllarini tayyorlash (shu jumladan muhr va shtamplarni yasash), maketini tayyorlash, bosish, muqovalash, tirajini tayyorlash tushuniladi. Matbaa faoliyati yuqorida sanab o‘tilgan jarayonlarni (turlarni) uzviy birgalikda yoki alohida-alohida olingan holatlarini ham o‘z ichiga oladi.
Matbaa korxonalari deb matbaa faoliyatini amalga oshirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tashkil etilgan tuzilmalar (konsern, kombinat, fabrika, bosmaxona, markaz, ustaxona, sex, laboratoriya, bo‘linmalar va boshqalar) tushuniladi.
Matbaa korxonasi alohida yuridik shaxs sifatida yoki mavjud yuridik shaxsning tarkibiy tuzilmasi sifatida tashkil etilishi mumkin.
Jismoniy shaxslar matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Matbaa korxonalari O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida ro‘yxatga olingandan so‘ng o‘z faoliyatini boshlaydilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
4. Ro‘yxatga olingan matbaa korxonalari tegishli vakolatli organlarning ruxsatisiz aholi bilan pullik hisob-kitoblar qilishda foydalaniladigan pul belgilari, obligatsiyalar, aksiyalar, chiptalar, markalar, talonlar va boshqa belgili hamda raqamli to‘lov vositalarini bosish huquqiga ega emas.
Raqamlangan blankalarni (tovar-transport hujjatlari, yo‘l varaqalari va boshqa hisobot blankalarini) qat’iy hisob orqali faqat ixtisoslashgan nashriyotlar buyurtmasi bo‘yicha bosishga ruxsat etiladi.
5. Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish uchun yuridik va jismoniy shaxslar O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga davlat tilida yozilgan ariza bilan murojaat qiladilar.
Ro‘yxatga olish uchun beriladigan arizada matbaa faoliyatining turi, matbaa korxonasining (muassisining) to‘liq va qisqartirilgan nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (yuridik shaxslar uchun), uning joylashgan joyi (pochta manzili), matbaa faoliyati amalga oshiriladigan manzili va muloqot telefonlari ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslar uchun — yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 17-iyuldagi 196-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 380-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandining yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 115-modda)
o‘rnatilgan yoki o‘rnatilishi mo‘ljallanayotgan matbaa uskunalarining turi, nomi va miqdorini ko‘rsatuvchi ro‘yxat.
6. Ro‘yxatga olish haqidagi ariza u topshirilgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi matbaa korxonasini ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ro‘yxatga olinganlik haqidagi guvohnoma tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun ichida arizachiga beriladi. Ro‘yxatga olinganlik haqidagi guvohnoma besh yil muddatga beriladi.
Ro‘yxatga olinganlik haqidagi guvohnomada matbaa korxonasida amalga oshiriladigan matbaa faoliyatining aniq turlari ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ro‘yxatga olingan matbaa korxonalarini Yagona davlat reyestriga kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berilgan kundan boshlab uch kun mobaynida korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (matbaa korxonasining (uning muassisining) to‘liq va qisqartirilgan nomini, tashkiliy-huquqiy shaklini, matbaa faoliyati amalga oshiriladigan joyning manzilini, bog‘lanish telefonlari raqamlarini, ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning tartib raqamini) Ichki ishlar vazirligiga matbaa korxonasini hisobga qo‘yish uchun yuboradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Matbaa korxonalaridan davlat ro‘yxatiga olganlik uchun stavkalar bo‘yicha davlat boji undiriladi:
T/r | Matbaa faoliyati turi | Davlat boji stavkasi |
1. | Bosma nashrlarni bosish: a) yillik ish hajmi 2 mln bosma taboqqacha bo‘lgan korxonalar; | eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida |
b) yillik ish hajmi 2 mln bosma taboqdan ortiq bo‘lgan korxonalar | eng kam oylik ish haqining 25 baravari miqdorida | |
2. | Nashrlarning bosma shakllarini yasash maqsadida ular matnini terish (nabor). Nashrlarning bosma shakllarini yasash. Bosma mahsulotlarning original maketlarini tayyorlash | eng kam oylik ish haqining 2,5 baravari miqdorida |
3. | Muhr va shtamplar tayyorlash. Bosma mahsulotlarini muqovalash. Mahsulotlarni qadoqlash qutilarini va yorliqlarini tayyorlash | eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida |
4. | Matbaa korxonalari chet el investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan yoki korxonaga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari muassis (hammuassis) bo‘lsa | 500 AQSh dollari miqdorida |
Matbaa faoliyatining bir necha turlari bilan shug‘ullanish uchun ariza berilganda, davlat boji amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan faoliyat turlari uchun belgilangan davlat boji miqdorlarining eng yuqorisi bo‘yicha to‘lanadi.
Ro‘yxatga olingan matbaa korxonalari, qo‘shimcha matbaa faoliyati turlarini amalga oshirish uchun qayta ro‘yxatga olinayotganda, davlat boji umumiy tartibda undiriladi. Matbaa korxonasi boshqa asoslarga ko‘ra qayta ro‘yxatga olinganda, davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida to‘lanadi.
Olingan mablag‘larning 80 foizi O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida qo‘shimcha mablag‘ sifatida matbaa faoliyatini rivojlantirish uchun qoldiriladi, qolgan mablag‘lar esa mahalliy budjetga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
matbaa korxonasining ishlab chiqarish binosi tozalik, yong‘in xavfsizligi, ekologiya, texnik va qo‘riqlash-yong‘inga qarshi ogohlantirish moslamalari bilan jihozlashga doir talablarga javob bermasa, rad etilishi mumkin.
Ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risidagi yozma javob mazkur Nizomda ko‘zda tutilgan asoslarni ko‘rsatgan holda yetti kun ichida matbaa korxonasiga (uning muassisiga) yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Matbaa korxonasini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi arizani qayta ko‘rib chiqishda ilgari ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha matbaa korxonasini ro‘yxatga olishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
matbaa korxonasi ro‘yxatga olinganlik haqidagi guvohnomada ko‘rsatilmagan matbaa faoliyatining boshqa turlarini amalga oshirishni istasa;
matbaa korxonasining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli (agar u yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan bo‘lsa), uning joylashgan joyi (pochta manzili), matbaa faoliyati amalga oshiriladigan manzili o‘zgarsa;
matbaa korxonasining muassislari yuridik shaxs sifatida yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Matbaa korxonasi qayta ro‘yxatga olish haqidagi ariza bilan yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga taqdim etadi.
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Qayta ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ariza O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan o‘n kun ichida ko‘rib chiqiladi. Matbaa korxonasini qayta ro‘yxatga olish ro‘yxatga olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
11. Matbaa korxonalari tomonidan mazkur Nizom hamda matbaa sohasidagi boshqa qonun hujjatlarining bajarilishini nazorat qilish belgilangan tartibda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va Ichki ishlar vazirligining hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Matbaa korxonasi (uning muassisi) tomonidan matbaa sohasidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi quyidagi huquqlarga ega:
matbaa korxonasiga (uning muassisiga) aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida, bartaraf etish muddatlari ko‘rsatilgan holda, bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar (qarorlar) kiritish;
matbaa korxonasining ro‘yxatga olinganlik haqidagi guvohnomasi amal qilishini olti oygacha to‘xtatib turish;
12. Matbaa korxonasi ro‘yxatga olinganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin:
matbaa korxonasi amaldagi Davlat va soha standartlari talablarini buzsa hamda O‘zbekiston Respublikasining mehnatni, atrof muhitni muhofaza qilish va tozalik, yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun-qoidalarini buzganligi haqida kamida ikki marta ogohlantirish olgan bo‘lsa;
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnomasi bajarilmasa.
Ro‘yxatga olinganlik haqidagi guvohnomaning amal qilishi sudning qaroriga binoan ham to‘xtatib turilishi mumkin.
13. Matbaa korxonasi ro‘yxatga olinganligi haqidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
matbaa korxonasi qayta ro‘yxatga olinishi shart bo‘lgan hollarda belgilangan muddatda qayta ro‘yxatdan o‘tmaganda;
matbaa korxonasini tashkil etgan jismoniy shaxs — yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi amal qilishi tugatilganda;
matbaa korxonasini tashkil etgan jismoniy shaxs — yakka tartibdagi tadbirkorning muomalaga layoqatliligi belgilangan tartibda cheklanganda yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
matbaa korxonasi matbaa sohasidagi qonun hujjatlarini muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganda;
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi belgilagan muddatda matbaa korxonasi ro‘yxatga olinganlik haqidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turishiga olib kelgan holatlarni bartaraf etmaganda.
Ro‘yxatga olinganlik haqidagi guvohnomaning amal qilishi sudning qaroriga binoan ham tugatilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi matbaa korxonasining ro‘yxatga olinganligi haqidagi guvohnomasi amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilganda, bu haqda, qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay, arizachiga va Ichki ishlar vazirligining tegishli hududiy organiga xabar qiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-apreldagi 93-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 15-son, 181-modda)
15. Muassis yoki korxona egasi tomonidan matbaa korxonasi tugatilganda, ular O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga yozma ravishda xabar berishlari lozim.
“Belgilab qo‘yilsinki, matbaa korxonalari O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida ro‘yxatga olingandan va Ichki ishlar vazirligining hududiy organlarida hisobga qo‘yilgandan so‘ng o‘z faoliyatini boshlaydilar”;
3. 3-bandda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasiga” so‘zlari “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Qaror 2-ilovasining 3-bandida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.