Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun qizilmiya o‘simligini yetishtirish va sanoat usulida qayta ishlash hajmlarini oshirish, shuningdek, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va sanoat usulida qayta ishlash sohasini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasini (keyingi o‘rinlarda Uyushma deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlashni kompleks rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish, ushbu sohada yagona ilmiy-texnikaviy, texnologik, investitsiya va eksport siyosatini yuritishga ko‘maklashish;
tabiiy maydonlardan oqilona foydalangan va intensiv yetishtirish texnologiyalarini qo‘llagan holda qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar o‘sishi uchun qulay hududlarda maxsus plantatsiyalar tashkil etish yo‘li bilan ularni yetishtirish hajmlarini bosqichma-bosqich oshirib borish;
qizilmiya xomashyosidan samarali foydalanish, uni sanoat asosida chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash;
qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash sohasini rivojlantirishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlashga mo‘ljallangan mavjud quvvatlarni oshirish va yangilarni tashkil etish jarayonlariga xorijiy sarmoyalarni, chet ellik mutaxassislar hamda konsultantlarni faol jalb etish, ushbu sohada ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish;
mazkur soha uchun mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida, shuningdek, xorijda ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirishda ishtirok etish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 15 nafardan iborat bo‘lgan Uyushmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida qizilmiya o‘simligini yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-maydagi PQ-2970-son qarori bilan tashkil etilgan qizilmiya o‘simligi sanoat plantatsiyalarini yaratish va qizilmiya xomashyosini chuqur qayta ishlashni ta’minlash masalalari bo‘yicha ishchi guruh ikki oy muddatda:
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Uyushmaning Nukus shahri, A. Utepov ko‘chasi, 31-uy manzilidagi Nukus maishiy xizmat ko‘rsatish va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji binosiga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirilishini ta’minlasin.
qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar Uyushma a’zolari tarkibiga kirishi mumkin;
Uyushma raisi va uning o‘rinbosari muassislarning umumiy yig‘ilishi qarori bilan saylanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi;
Uyushmaning ijro etuvchi apparatini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish Uyushma a’zolarining badal to‘lovlari, shuningdek, qonun hujjjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
7. 2018 — 2023-yillar davrida qizilmiya plantatsiyalarini bosqichma-bosqich tashkil etish, uni uzluksiz ko‘paytirishni ta’minlash maqsadida 2018-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qizilmiya o‘simligi yangi plantatsiyalarini tashkil etish va xomashyosini tayyorlash hajmlari prognoz ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Qizilmiya yetishtirishni ko‘paytirish, chuqur qayta ishlash va dori vositalari hamda substansiyalar ishlab chiqarish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ikki hafta muddatda ishlab chiqsinlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda, tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun qulay bo‘lgan, umumiy maydoni 25 ming gektargachani tashkil qiladigin yer uchastkalari;
qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish loyihalari tashabbuskorlari takliflari tanlab olinishini ta’minlasinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etish loyihalari tashabbuskorlari takliflarini tanlab olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
11. “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda:
2018-yil avgust oyigacha bo‘lgan muddatda — qizilmiya o‘simligi plantatsiyalarini tashkil etish va parvarish qilish, shuningdek, xalqaro talablarga muvofiq qizilmiya xomashyosini quritish va qadoqlash uchun zarur bo‘ladigan maxsus texnika vositalari va minitexnologiyalarga bo‘lgan ehtiyojni hamda ularning turlarini aniqlasin;
talab etiladigan maxsus texnika vositalari va minitexnologiyalarni xarid qilish, shuningdek, imtiyozli shartlarda, lizing asosida olish bo‘yicha barcha zarur tashkiliy-amaliy choralarni ko‘rsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va boshqa tijorat banklariga qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha sanoat plantatsiyalarini tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori bo‘lmagan stavkalarda, to‘rt yillik imtiyozli davr bilan imtiyozli kredit mablag‘lari ajratish tavsiya etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish agentligi qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etish, ularni yetishtirish va qayta ishlash loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari grantlari va kreditlarini jalb etish yuzasidan bir oy muddatda takliflarni ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etuvchi, shuningdek, qizilmiya ildizini qayta ishlovchi va tayyor mahsulot chiqaruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga 2024-yil 1-yanvargacha quyidagi imtiyozlar berilsin:
yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslar mulk solig‘i, yagona soliq to‘lovi, yagona yer solig‘i, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan;
o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun xorijdan keltiriladigan texnologik uskunalar, maxsus qishloq xo‘jaligi texnikalari, ularning tarkibiy va ehtiyot qismlari, xomashyolar, materiallar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan qurilish materiallari hamda qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar urug‘lari va ko‘chatlari uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari);
b) plantatsiyalar tashkil etish uchun zarur ko‘chatlar (urug‘, qalamchalar)ni tayyorlash (yig‘ish) uchun ruxsatnoma olish uchun to‘lovlarni kechiktirish.
Keyingi tahrirga qarang.
15. “Lanextrakt” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan ta’sis etiladigan xo‘jalik yurituvchi subyektga xorijiy investorlar ishtirokida iste’mol spirti ishlab chiqarishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, “Lanextrakt” MChJ qo‘shma korxonasi ta’sis etadigan xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat spirti hajmining qizilmiya va dorivor o‘simliklar ekstrakti ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan qismiga aksiz solig‘i to‘lash majburiyati bo‘lmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “Lanextrakt” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan ta’sis etiladigan xo‘jalik yurituvchi subyektga oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish uchun xomashyo sotib olishga kvotalar ajratsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish maqsadida olib kelinadigan qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklar urug‘lari va ko‘chatlarining istisno tariqasida qisqa muddatlarda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni qayta ishlash va ulardan dorivor vositalar ishlab chiqarish bo‘yicha farmatsevtika korxonalarini tashkil etish yuzasidan takliflar kiritsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda o‘simliklar xomashyosini chuqur qayta ishlash orqali yangi turdagi farmatsevtika mahsulotlari yaratish va ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish bo‘yicha takliflar taqdim etsinlar.
19. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialida “Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashni tashkil etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
20. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda:
bir hafta muddatda Qorqalpog‘iston Respublikasining o‘ziga xos tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda, qizilmiya plantatsiyalari tashkil etish va qizilmiya hosilini yig‘ish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqsin;
2018-yilning mart oyi mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir tumanida fermer, dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbar hamda mutaxassislari ishtirokida, zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ilg‘or agrotexnologiyalardan foydalangan holda, qizilmiya plantatsiyalarini tashkil etish, xizmat ko‘rsatish va hosilini yig‘ish bo‘yicha amaliy o‘quv-seminarlari o‘tkazsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
22. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
T/r | Tumanlar nomi | Ekin maydoni, ga | Hosildorlik ts/ga | Yangi hosil, tonna | |
1. | To‘rtko‘l | 500 | 60 | 3 000 | |
2. | Beruniy | 500 | 60 | 3 000 | |
3. | Ellikqa’la | 500 | 60 | 3 000 | |
4. | Amudaryo | 500 | 60 | 3 000 | |
5. | Xo‘jayli | 1 550 | 60 | 9 300 | |
6. | Taxiatosh | 500 | 60 | 3 000 | |
7. | Shumanoy | 2 500 | 60 | 15 000 | |
8. | Qonliko‘l | 2 700 | 60 | 16 200 | |
9. | Qo‘ng‘irot | 2 400 | 60 | 14 400 | |
10. | Nukus | 1 685 | 60 | 10 110 | |
11. | Kegeyli | 2 800 | 60 | 16 800 | |
12. | Chimboy | 2 935 | 60 | 17 610 | |
13. | Qorao‘zak | 2 600 | 60 | 15 600 | |
14. | Taxtako‘pir | 2 600 | 60 | 15 600 | |
15. | Mo‘ynoq | 730 | 60 | 4 380 | |
Jami | 25 000 | 60 | 150 000 |
Keyingi tahrirga qarang.