Qarang: mazkur Kodeksning 14-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining VI bo‘limi (“Xalqaro xususiy huquq normalarini fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan tatbiq qilish”).
Ushbu Kodeksning 20 va 21-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lsa, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi va tarjimon o‘zini o‘zi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham shu asoslarga ko‘ra ularni rad qilish haqida arz qilinishi mumkin. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, sud majlisi kotibini, tarjimonni rad qilish sudning tashabbusiga ko‘ra ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining 41, 5 va 51-bandlarida ko‘rsatilgan ishlar nizo yuzaga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi yuridik yoki jismoniy shaxslar bo‘lishidan qat’i nazar, sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ushbu Kodeksning 291-bobida ko‘rsatilgan o‘ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda ko‘rib chiqiladi.
Qarang: mazkur Kodeksning 41-moddasi, 118-moddasining yettinchi qismi, 173-moddasining to‘rtinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuni 27-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 31-moddasi ikkinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 25-moddasining ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasi birinchi qismining 11-bandi, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonuni 12-moddasi birinchi qismining o‘n oltinchi xatboshisi, 13-moddasi birinchi qismining o‘n uchinchi xatboshisi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan protsessual harakatlar amalga oshirilayotgan vaqtda sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) sud majlisining kotibi sifatida qatnashadi.
Ekspert: ushbu Kodeksning 20 va 21-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, o‘zini o‘zi rad etishi haqida darhol arz qilishi; o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun sud chaqiruviga binoan kelishi; o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; ekspertiza o‘tkazilishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining but saqlanishini ta’minlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 45-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 57-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonunining 14-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonunining 9-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi.
Qarang: mazkur Kodeksning 66, 67, 69 — 79-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2012-yil 14-sentabrdagi 12/239-sonli “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining 4-bandi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinadi. Ammo ularning kelmaganligi da’voni ta’minlash chorasini almashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
1) ushbu Kodeks 101-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan hollarda — tegishli sudning sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga yoki tergov harakatlari tugallanguniga qadar;
3) ushbu Kodeks 101-moddasining 3 va 4-bandlarida va 102-moddasining 2-bandida nazarda tutilgan hollarda — ishda ishtirok etuvchi shaxsning huquqiy vorisi aniqlanguniga, muomalaga layoqatsiz shaxsga vakil tayinlanguniga, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tguniga qadar;
31) ushbu Kodeks 101-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tugaguniga qadar, biroq oltmish kundan ortiq bo‘lmagan muddatda;
Sudya ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha, shuningdek agar bildirilgan talab ushbu Kodeksning 135-moddasida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etadi.
Sudya ushbu Kodeks 151-moddasi birinchi qismining 1 va 4-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan da’vo arizasini, agar da’vo arizasiga davlat bojini to‘lashni kechiktirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi yoki da’vogarda mavjud bo‘lmagan dalillarni talab qilib olish haqidagi tegishli iltimosnomalar ilova qilingan hamda bu iltimosnomalar qanoatlantirilgan bo‘lsa, ish yuritishga qabul qilishga va ish qo‘zg‘atishga haqli.
Sudyaning ushbu Kodeks 151-moddasi birinchi qismining 1 va 4-bandlarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqidagi xulosasi da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Sud majlisi audio- yoki videoyozuvga olingan taqdirda, sud majlisi bayonnomasida faqat mazkur modda ikkinchi qismining 1 — 4, 6 — 8, 11-bandlarida nazarda tutilgan masalalar yuzasidan yozuv kiritiladi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar bergan tushuntirishlarning boshlangan va tugagan vaqti, guvohlarning ko‘rsatuvlari, ekspertlarning o‘z xulosalari yuzasidan bergan og‘zaki tushuntirishlari, muzokaralar va prokurorning fikrlari aks ettiriladi, shuningdek sud majlisida yozib olish texnik vositalaridan foydalanganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Elektron yoxud boshqa audio- yoki videoyozuvlar jamlangan vositalar sud majlisi bayonnomasiga qo‘shib qo‘yiladi.
Agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lmasa, da’vogarning iltimosnomasiga ko‘ra, javobgarning roziligi bilan boshqa ishlar ham soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ushbu Kodeks 223-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha rad etilishi kerak.
Ushbu Kodeks 228-moddasining ikkinchi qismi talablariga rioya etilmaganda, shuningdek ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilgan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish ushbu Kodeksning 154-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha rad etiladi.
Ushbu Kodeks 37-moddasining to‘rtinchi qismida, ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmaganda, shuningdek ariza olti oylik muddat o‘tgach berilgan taqdirda va o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmagan taqdirda, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha arizachiga qaytariladi.
Agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza ushbu Kodeks 37-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan iqtisodiy sudning ish yurituvida bo‘lsa, mazkur hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilayotgan iqtisodiy sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqishni qarzdorning iltimosnomasiga binoan keyinga qoldirishi mumkin.
Ushbu Kodeksning 2321-moddasida ko‘rsatilgan arizalar yozma shaklda beriladi va arbitraj muhokamasining tarafi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi kerak, arbitraj sudi tomonidan dalillarni olishga ko‘maklashish to‘g‘risida berilgan ariza esa raislik qiluvchi arbitr tomonidan imzolanishi kerak.
Ushbu Kodeksning 2323-moddasida, ushbu moddaning birinchi, ikkinchi, uchinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilmagan taqdirda, ariza ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha arizachiga qaytariladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan ishlarni ko‘rib chiqish chog‘ida sud doimiy arbitraj muassasasi arbitrlarining ro‘yxatiga kiritilgan arbitrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilayotgan ish bilan bog‘liq bo‘lgan ish materiallarini talab qilib olishi mumkin. Arbitraj muassasasi talab qilib olinadigan hujjatlarni so‘rov qabul qilinganidan keyingi kundan kechiktirmay iqtisodiy sudga taqdim etishi shart.
Qarang: Mazkur Kodeksning 244, 245, 247-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-dekabrdagi 732-sonli “Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyat (protest) bergan shaxs apellatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Ushbu Kodeksning 50-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular sudning qarori ustidan shikoyat bermagan bo‘lsa, taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so‘zga chiqadi.
Ushbu Kodeks 279-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda apellatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘radi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar ko‘rsatiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) bilan sudga umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli.
Ushbu Kodeksning 50-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular hal qiluv qarori ustidan shikoyat bermagan bo‘lsa, taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so‘zga chiqadi.
5) ushbu Kodeks 302-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga haqli.
Ushbu Kodeks 302-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda, kassatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘radi. Ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rishga o‘tish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim bo‘lgan harakatlar ko‘rsatiladi.
ushbu Kodeks 307-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan;
ushbu Kodeks 307-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan sud hujjatlari ustidan berilganda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ko‘riladi.
2) shikoyatning (protestning) mazmuniga nisbatan ushbu Kodeksning 311-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan yoki taftish tartibidagi shikoyatga (protestga) ushbu Kodeks 313-moddasining uchinchiva to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilgan hujjatlar yoxud prokuror ishtirokisiz ko‘rilgan ish bo‘yicha protestga ishda ishtirok etuvchi shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar murojaatining ko‘chirma nusxasi ilova qilinmagan bo‘lsa;
Ushbu Kodeksning 307 — 313-moddalarida belgilangan qoidalarga muvofiq berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi tomonidan o‘rganiladi.
Ushbu Kodeksning 50-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa shaxslar, agar ular hal qiluv qarori ustidan shikoyat bermagan bo‘lsa, taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so‘zga chiqadi.
3) ushbu Kodeks 302-moddasi beshinchi qismining 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun sud hujjati bekor qilingan apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga;
7) ushbu Kodeks 302-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga haqli.
Ushbu Kodeksning 307-moddasida nazarda tutilgan ajrim, qaror ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha berilgan taftish tartibidagi shikoyat (protest) ushbu bobda taftish tartibidagi shikoyatlarni (protestlarni) ko‘rish uchun nazarda tutilgan tartibda taftish instansiyasi sudi tomonidan ko‘riladi.