T/r | Soliqlar va yig‘imlar turlari | Soliqlar va yig‘imlar stavkasi |
1. | Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im: | |
alkogolli mahsulotlar, shuningdek umumovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish | 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 6 barobari | |
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar | 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 4 barobari | |
2. | Iste’mol uchun soliq: | |
benzin | 1litr uchun 232,5 so‘m/ 1 tonna uchun 308 850 so‘m | |
dizel yoqilg‘isi | 1litr uchun 232,5 so‘m/ 1 tonna uchun 282 500 so‘m | |
suyultirilgan gaz | 1 litr uchun 230 so‘m/ 1 tonna uchun 436 300 so‘m | |
siqilgan gaz | 1 kub.metr uchun 305 so‘m | |
3. | Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash bo‘yicha pullik xizmat ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im | har oy uchun eng kam ish haqining 7 barobari |
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qarori, 30.12.2017 yildagi 262/29-5-son
Kuchga kirish sanasi
16.01.2018
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.06.2021
|
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va o‘z ahamiyatini yo‘qotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 20-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari xamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi”gi SQ-241-III-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) muvofiq halq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Toshkent shahri bo‘yicha 2018-yil uchun mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi, Savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi va xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish departamenti hamda tuman hokimliklariga 2018-yil mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalarini soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkazilishi va ijro etilishini ta’minlash topshirilsin.
3. “Toshkent oqshomi” va “Vecherniy Tashkent” gazetalari tahririyati (A. Akramov), “Kompyuterlashtirish markazi” DUK (M. Asamov): mazkur qaror rasmiy e’lon qilinishi va www.toshkent.uz veb-saytiga joylashtirilishi ta’minlansin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining “Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi hamda Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari N. Xusanov zimmasiga yuklansin.