07.11.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2174-1
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligi xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining qarori, 07.11.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2174-1
Kuchga kirish sanasi
08.11.2017
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining hududiy organiga (keyingi o‘rinlarda Sud departamentining hududiy organi deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy organiga (keyingi o‘rinlarda Majburiy ijro byurosining hududiy organi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Sud departamentining” degan so‘zlar “Majburiy ijro byurosining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 73-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Sud departamentining” degan so‘zlar “Majburiy ijro byurosining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 74-bandning birinchi xatboshisidagi “Sud departamentining” degan so‘zlar “Majburiy ijro byurosining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. Butun matn bo‘yicha “sud ijrochisi” degan so‘zlar “davlat ijrochisi” degan so‘zlar bilan tegishli kelishiklarda almashtirilsin.