Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
Yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati, lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar olib qoʻyilganda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining ushbu qiymatini inobatga olib hisoblangan miqdori hamda pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymatini indeksatsiya qilish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 1-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2943]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligining 2019-yil 9-yanvardagi 2, 1, 7-sonli “Yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati, lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar olib qoʻyilganda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining ushbu qiymatini inobatga olib hisoblangan miqdori hamda pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymatini indeksatsiya qilish haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2943-1, 23.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 48-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlari boʻyicha qurilish materiallari narxlari indeksining oʻtgan yilgi oʻzgarishi darajasidan kelib chiqib, yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati, lalmi shudgor va sugʻorilmaydigan koʻp yillik daraxtzorlar olib qoʻyilganda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining ushbu qiymatini inobatga olib hisoblangan miqdori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandi va unga 1 va 2-ilovalarida nazarda tutilgan pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymati miqdorlari 2017-yilda 1,246 baravarga indeksatsiya qilinsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A. ABDULLAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-sentabr,
6-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2017-yil 29-sentabr,
149-son
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-sentabr,
130-son
Kelishilgan:
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. BEGALOV
2017-yil 20-sentabr
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 10/17/2943/0199-son)