Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2018 17.10.2017 yildagi PQ-3334-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.08.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlarining zamonaviy mahalliy ishlab chiqarishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3921-sonli “Zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlarining zamonaviy ishlab chiqarishlarini tashkil etish, eksportga yoʻnaltirilgan hamda ichki bozorda talabgor boʻlgan mahalliy xomashyo negizidagi yuqori qiymatga ega tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, Toshkent shahrida boʻsh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishni taʼminlash hamda yangi ish joylari barpo etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1-Zargarlik korxonasi” davlat korxonasi oʻz faoliyatini 2009-yilda toʻxtatgan, ishlab chiqarish quvvatlari faoliyatdan toʻxtagan, mavjud uskunalardan foydalanilmayapti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Zargarlik koʻchasi, 46-B uyda joylashgan (keyingi oʻrinlarda — obyekt deb yuritiladi) “1-Zargarlik korxonasi” davlat korxonasi kompleksi mulkini zamonaviy zargarlik ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun “Asaka” aksiyadorlik-tijorat bankiga topshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki zargarlik buyumlarining zamonaviy ishlab chiqarishlarini tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun obyekt negizida “Asaka” bankning — “Asaka kapital invest” MChJ (keyingi oʻrinlarda — boshqaruvchi kompaniya) boshqaruv kompaniyasi ustav fondiga obyektlarni oʻtkazgan holda baholash tashkiloti tomonidan belgilangan narx boʻyicha davlatning ulushi sifatida ustav fondiga obyektni qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi (A. Axmedxodjayev), Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (R. Gulyamov), Toshkent shahar hokimligi (R. Usmonov) hamda “Asaka” bank boshqaruvi organlari (K. Mullajonov) bir oy muddatda belgilangan tartibda obyektni qabul qilish — topshirish harakatlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, “Asaka” ATB obyektini boshqaruv kompaniyasining ustav fondiga qabul qilish — topshirish harakatlari soliqqa tortilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Asaka” aksiyadorlik — tijorat banki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda sohaga doir investorlarni jalb qilish hamda loyihani amalga oshirishning aniq muddatlarini nazarda tutgan holda “yoʻl xaritasini” ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning 1-iyuligacha boshqaruvchi kompaniyaning ulushi bilan ishtirok etishini hisobga olgan holda obyekt negizida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni tashkil etish va ishga tushirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Loyihani amalga oshirish doirasida “Asaka” ATBga obyekt negizida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish boʻyicha, jumladan sohaga doir investorlar bilan birgalikda yangi tashkilotlarni barpo etish, shuningdek, bankning ulushi va uning boshqaruvchi kompaniyasi bilan 100 foizni oʻz ichiga olgan, keyinchalik esa yangi tashkil etilayotgan bankning va boshqaruvchi kompaniyaning ulushini yangi investorlarga sotish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Obyekt hududida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida “Asaka” ATB va uning boshqaruvchi kompaniyalari ishtirokida barpo etilayotgan tashkilotlar strategik investorga sotilishiga qadar, biroq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab uch yildan ortiq boʻlmagan muddatda foyda soligʻi, yagona soliq toʻlovi, mulk soligʻi, yer soligʻidan ozod etilsin, boʻshaydigan mablagʻlar maqsadli ravishda ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash, modernizatsiya qilish va rivojlantirishga yoʻnaltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Obyekt hududida amalga oshiriladigan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida “Asaka” ATB va boshqaruvchi kompaniya huzurida barpo etilayotgan tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy nochor korxonalarni koʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish hamda tijorat banklarining koʻchmas mulk obyektlari negizida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PF-5022-sonli Farmonining 8-bandi tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Loyihani amalga oshirish doirasida, istisno tariqasida, “Asaka” ATB va uning boshqaruvchi kompaniyasiga quyidagilarga ruxsat etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning 1-iyuligacha obyekt hududida belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda, qurilish va loyihalashtirishni bir vaqtning oʻzida loyihalashtirish va moliyalashtirish shartlarida amalga oshirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha va pudrat tashkilotlari, shuningdek, vakolatli organda import shartnomalarini ekspertizadan oʻtkazgan holda eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida tender savdolarni (tanlovlarni) oʻtkazmasdan turib uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar yetkazib beruvchilarini belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi direktori Sh.M. Sodiqov, “Asaka” ATB boshqaruvi raisi K.K. Mullajonov va Toshkent shahar hokimi R.J. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 17-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3334-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 07/17/3334/0136-son)