Tizimning ushbu imkoniyatidan foydalanish uchun Siz avtorizatsiya qilinishingiz kerak!
Ro‘yxatdan o‘tishni xohlaysizmi? Yoki tizimga o‘z loginingiz bilan kirasizmi?

Avtorizatsiya qilish Ro‘yxatdan o‘tish

×
 ×
Tumanda haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida

ILOVA
Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkillashtiradigan korxona va tashkilotlar RO‘YXATI

O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Konuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 97-modda) 22-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-son “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 7-son, 40-modda) ijrosini ta’minlash hamda ishga joylashishga muhtoj, ish bilan ta’minlanmagan aholini jumladan, kasbga ega bo‘lmagan yoshlarni, ishga joylashtirishga ko‘maklashish, shuningdek o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning Axborotnomasi, 1993-y 59-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. O‘zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasiga asosan tumanda 2016-yil davomida xaq to‘lanadigan jamoat ishlari ilovada ko‘rsatilgan korxona, muassasa va tashkilotlarda amalga oshirilishi tasdiqlansin.
ilovada qayd etilgan haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish ta’minlansin;
jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-son qarori bilan tasdiqlangan “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi nizomning 23-bandiga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bo‘yicha — ellik foizi ish beruvchilar mablag‘lari va ellik foizi mahalliy budjet va Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga;

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”